1-ma’ruza. Energetikaning muhum o‘rni. Energetikaning strukturasi


Download 1.52 Mb.
bet30/38
Sana26.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1128426
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
EEICH vaU lotin

HISOBOTNING TARKIBI
Hisobotda ishning maqsadi, bajarish tartibi, sinash sxemasi, sinashlar natijalari va grafiklar keltiriladi.


SINOV SAVOLLARI

  1. Qanday kommutatsiya apparatlari past kuchlanishli apparatlarga kiradi?

  2. Magnitli ishga tushirgichning vazifasi va tuzilishi.

  3. Magnitli ishga tushirgichning issiqlik relesi qanday ishlaydi va nima uchun xizmat qiladi?

  4. Magnitli ishga tushirgichning issiqlik relesini rostlash qanday amalga oshiriladi?

8-9-Tajriba ishi


O‘TKAZGICHLARNING ELEKTR TOKI TA’SIRIDA QIZISHI VA SHINALARNING ISSIQLIK UZATISHINI TADQIQ QILISH


Ishning maqsadi: o‘tkazgichlarning elektr toki ta’sirida
qizishi va shinalarning issiqlik uzatishini
tadqiq qilish.


UMUMIY MA’LUMOTLAR
Elektr apparatlari va o‘tkazgichlarini tanlashning shartlaridan biri davomli ish holatlarida tok o‘tkazuvchi qismlarning ruxsat etilgan qizishi hisoblanadi. EUTQ (PUE) da o‘tkazgichlarning elektr toki ta’sirida qizishining quyidagi uzoq vaqt davomida ruxsat etilgan harorati belgilangan:

  • o‘tkazgichlar va izolyasiyalanmagan bo‘yalgan shinalar uchun………………………………………………….70oS,

  • rezina va polivinilxlorid izolyasiyali o‘tkazgich va shnurlar uchun….……………………………………65 oS,

  • polivinilxloridli plastik va polietilen izolyasiyali 10 kV gacha kuchlanishli kabellar uchun …………70 oS,

  • tikilgan polietilendan yasalgan izolyasiyali 10 kV gacha

kuchlanishli kabellar uchun……………………..…90 oS,

  • shimdirilgan kabel qog‘ozidan yasalgan izolyasiyali quyidagi kuchlanishli kabellar uchun:

  • 1 kVgacha.…………………………………….……... 80oS,

  • 6 kV…………...……………………….…..……….. 65oS,

  • 10 kV.…………………………………….…………..60oS,

  • 35 kV ……………………………………….………..50oS.

Atrof-muhitning mo‘ljallangan harorati havoda yotqizilgan o‘tkazgich va kabellar uchun +250S, erning tagida yotqizilgan kabellar uchun esa +150S ni tashkil etadi.
Havoda joylashib, izolyasiyalanmagan o‘tkazgichlarda tokning qizish bo‘yicha ruxsat etilgan zichligini aniqlaymiz.
O‘tkazgichning harorati:
υ = υo + θ. (4.1)
Bu erda υohavoning harorati, oS; θ – o‘tkazgich haroratining havo haroratigi nisbatan ortishi, oS.
Barqaror holatda o‘tkazgichda ajralib chiquvchi barcha quvvat F atrof-muhitga nurlanish Fl va konveksiyalanish Fk orqali tarqaladi, ya’ni
F = Fl + Fk = I2ra . (4.2)
Bu erda ra = rKpKb – o‘tkazgichning aktiv qarshiligi; r = ρl/S ; Kp = φ(√f/r) – yuza effekti koeffitsienti; Kb – yaqinlik koeffitsienti.
Nurlanish orqali tarqaluvchi quvvat quyidagicha aniqlanadi.
Fl = Flql = FlSε(T 4 – To4). (4.3)
Bu erda Fl – nurlanish sirti yuzasi, sm2; S = 5,7*10-12 – absolyut qora jismning nurlanish koeffitsienti, Vt/(sm2grad4); T va To – mos holda o‘tkazgich va havoning haroratlari, K; ql – nurlanish orqali issiqlik uzatish koeffitsienti, Vt/sm2; ε – nurlanuvchi sirtning qoralik darajasi.
4.1- jadvalda har xil materiallar uchun nurlanuvchi sirtning qoralik darajasi ε keltirilgan.
Konveksiyalanish orqali tarqaluvchi quvvat quyidagicha aniqlanadi:
Fk = Fkqk = Fk*1,81*10 -4 βθ 1,25. (4.4)
Bu erda Fk – konveksiyalanish orqali issiqlik uzatuvchi sirt yuzasi, sm2; qk – konveksiyalanish orqali issiqlik uzatish koeffitsienti, Vt/sm2; β – issiqlik uzatish sirtining balandligiga bog‘liq bo‘lgan va har xil kesim yuzali o‘tkazgichlar va ularning fazoda joylashuviga mos holda tajriba yo‘li bilan aniqlanuvchi koeffitsient.
Uzoq vaqt davomida ruxsat etilgan chegaraviy haroratga Frux quvvat mos keladi. (4.2) dan ruxsat etilgan tok quyidagicha aniqlanadi:
Irux = √Frux/ ra = √(FlSε(T 4 – To4) + 1,81*10 -4 Fk βθ 1,25)/ ra .
(4.5)
O‘tkazgichlar uchun: Fl = Fk = F, Kp ≈ 1, Kb = 1.
Bunda
Irux = √FqγS/l = √πdγSq . (4.6)
Bu erda q = Sε (T 4 – To4) + 1,81*10-4 βθ1,25; d – o‘tkazgichning diametri.

4.1- jadval



Material

Nurlanuvchi sirtning qoralik darajasi ε

Absolyut qora jism

1,0

Oksidlangan alyuminiy

0,11

Silliqlangan alyuminiy

0,04

Emal bo‘yoq

0,6-0,8

Oksidlangan mis

0,72

Oksidlangan po‘lat

0,79

Qora lok

0,87

Qizish shartlari bo‘yicha tokning ruxsat etilgan zichligi:


J = Idop/S = √πdqγ/S = √4qγ/d . (4.7)
Agar atrof-muhitning harorati υo nominal harorat υo,nom = 25oS dan farq qilsa, u holda
Idop/Idop,nom = √θ/θnom
shartdan
Idop = Іdop,nom√θ/θnom
kelib chiqadi.
Bu erda θnom = υrux – υo,nom=70–25= 45oS va θ = 70 – υo .



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling