1-ma’ruza. Energetikaning muhum o‘rni. Energetikaning strukturasi


Download 1.52 Mb.
bet31/38
Sana26.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1128426
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Bog'liq
EEICH vaU lotin

Qurilmaning tasnifi
O‘tkazgichlarning elektr toki ta’sirida qizishi va shinalarning issiqlik uzatishini tadqiq qilish uchun qurilmaning prinsipial sxemasi 4.1- rasmda tasvirlangan.
Qurilma 220 V kuchlanishli tarmoqdan ta’minlanadi. Zanjirda tokning rostlanishi LATR – 1 - 220 V - 9 A tipda TUV laboratoriya avtotransformatori yordamida amalga oshiriladi. Oraliq yoki yuklovchi transformator TL: U birl.=220 V, U ikkil. =1,5 V.
Tadqiq qilinuvchi shinalar – 11x5,5 = 60 mm2 kesim yuzali alyuminiy shinalardir. SHinalardan biri bo‘yalmagan, ikkinchisi esa qora lok bilan bo‘yalgan. SHinalarning taxminan o‘rtalarida ularning haroratini o‘lchash maqsadida termoparaning sharchasini tushirish uchun oychalar mavjud. SHinalar bir tomondan IO-10 tipdagi tayanch izolyatorlarga, ikkinchi tomondan esa, transformatsiyalash koeffitsienti KT = 300/5 bo‘lgan TKL – 0.5 T tipdagi g‘altakli tok transformatori TTga tutashtirilgan. Zanjirdagi tokning qiymati E 377 tipdagi ampermetr A yordamida nazorat qilinadi:
ISH = IA * KT .
SHinalar issiqlik oqimlarining nurlanish orqali o‘zaro ta’sirini bartaraf etish maqsadida shinalar orasiga ekran qo‘yiladi.
SHinalarning haroratini o‘lchash F – 116/1 tipdagi μVμA mikrovoltmikroampermetrga ulangan mis-konstantan (Cu-Kn) termoparasi yordamida amalga oshiriladi. Termoparaning issiq uchi qizil va sovuq uchi ko‘k rangga bo‘yalgan. SHinalarning haroratini o‘lchashda atrof-muhitning ta’sirini hisobga olmaslik maqsadida termoparaning sovuq uchini moyli idishga tushirib qo‘yish lozim.
Ishni bajarishga tayyorgarlik
Ishni boshlashdan oldin μVμA ni 15 minut davomida qizdirish lozim. Arretirdan asbob olinadi va u «0» ga keltiriladi; mexanik «0» qo‘yiladi. SHundan so‘ng termoparaning issiq va sovuq uchlari moyli idishga tushiriladi va elektrik nolning qo‘yilganligi tekshiriladi. Nolni korreksiyalash uchun μV mikrovoltmetrning o‘lchash shkalasi diapazoni 1,5 μV ga o‘rnatiladi.
Qurilmaning manbadan uzilgan holatida shinalar haroratining atrof-muhit haroratiga nisbatan ortishi nolga (θatrof = θbo‘yalmagan = 0), shinalarning harorati esa atrof-muhit haroratiga (vatrof = vbo‘yalmagan = vo) tengdir.
SHinalar orqali tok oqqanda ularning haroratini havo haroratiga nisbatan ortishini o‘lchash uchun termoparaning issiq uchi moyli idishdan olinib shinalardagi oychalarga o‘rnatiladi va u 30-40 sek davomida tutib turilib, μV da ko‘rsatilgan kuchlanish aniqlanadi. Darajalovchi egri chiziqqa muvofiq shinalar haroratining atrof-muhit haroratiga nisbatan ortishi aniqlanadi.



А



А


А
4.1- rasm. O‘tkazgichlarning elektr toki tasirida qizishi va shinalarning issiqlik uzatishini tadqiq qilish uchun qurilmaning sxemasi.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling