1-ma’ruza. Energetikaning muhum o‘rni. Energetikaning strukturasi


Download 1.52 Mb.
bet29/38
Sana26.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1128426
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Bog'liq
EEICH vaU lotin

UVS

Uvs

Kvs

UAS

Uas

Kas

































5.1- jadvalda
Tajribani texnika xavfsizligi qoidalariga to‘la rioya qilgan holda o‘tkazish lozim.


DIQQAT! 380 V kuchlanish quyi tomonga berilgan taqdirda yuqori tomonda xavfli – yuqori kuchlanish paydo bo‘ladi.

5. Uch fazali transformator chulg‘amlarining tutashish guruhini tekshirish.


Uch fazali transformator chulg‘amlarining tutashish guruhi ikkita usulda amalga oshiriladi: 1- polyarometr usuli; 2- voltmetr usuli. Quyida transformator chulg‘amlarining tutashish guruhini tekshirishning voltmetr usuli keltirilgan.



Y/Δ – 1




АВ

ВС

АС

ав

+

0

+

вс

-

+

0

ас

0

+

+




Y/Δ – 5




АВ

ВС

АС

ав

-

+

0

вс

0

-

-

ас

-

0

-




Y/Δ – 7




АВ

ВС

АС

ав

-

0

-

вс

+

-

0

ас

0

-

-








АВ

ВС

АС

ав

+

-

0

вс

0

+

+

ас

+

0

+








АВ

ВС

АС

ав

-

+

-

вс

+

-

-

ас

-

-

-



5.3- rasm. Transformator chulg‘amlarining tutashish guruhini aniqlash jadvallari






ПК

ЮК


Transformator yuqori kuchlanish chulg‘amining AV qutblariga 2-4 V li batareya ulanadi. Quyi chulg‘amning av, vs qisqichlariga navbatma-navbat millivoltmetr ulanadi va asbob ko‘rsatishining og‘ish ishoralari yozib olinadi. Tajriba batareyani VS va AS qisqichlarga ulab takrorlanadi. O‘lchashlar jadvalga kiritiladi. Batareya ulanganda galvanometr strelkasining o‘ng tomonga og‘ishi plyus, chap tomonga og‘ishi esa minus ishorasi bilan belgilanadi.
CHulg‘amlarning har bir tutashish sxemasiga jadval mos keladi (5.3- rasm).


SINOV SAVOLLARI
1. Kuch transformatori chulg‘amlarining tutashish sxemasi nimani bildiradi (masalan, Y/Δ – 11, Y/Y – 12 va h.k.).
2. Transformatorlarning qanday sovitish tizimlari mavjud?
3. Kuch transformatorlarida kuchlanishni rostlash qanday amalga oshiriladi?
4. Kuch transformatorlarini sinashda qanday o‘lchashlar amalga oshiriladi?
5. Absorbsiya koeffitsienti nima?
6. Uch fazali kuch transformatori chulg‘amlarining tutashish guruhi qanday aniqlanadi?


6-7 Tajriba ishi


PAST KUCHLANISHLI APPARATLARNI SINASH


Ishning maqsadi: magnitli ishga tushirgich va avtomatni
o‘rganish va tekshirish.


UMUMIY MA’LUMOTLAR
Past kuchlanishli kommutatsion apparatlarga quyidagilar kiradi.

  1. Rubilnik – himoyaga ega bo‘lmagan qo‘lda boshqariluvchi oddiy apparat.

  2. Kontaktor – himoyaga ega bo‘lmagan masofadan boshqariluvchi apparat.

3. Magnitli ishga tushirgich – asinxron motor (dvigatel) larni ulash va uzish uchun xizmat qiluvchi apparat. Magnitli ishga tushirgich masofadan boshqargich va o‘ta yuklanish holatida ishlovchi issiqlikdan himoya (issiqlik relesi) ga ega.
4. Avtomatik uzgich (avtomat) - o‘rnatilgan, bevosita ishlovchi, tok relesi va zanjirni uzgichga ta’sir qiluvchi minimal kuchlanish g‘altagiga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok uzgichi. Avtomatning tok relelari o‘ta yuklanish qisqa tutashuv sodir bo‘lganda ishlaydi. Turli tuzilishdagi avtomatlar mavjud. Ular 5 A dan 4000 A gacha bo‘lgan toklarga mo‘ljallab ishlab chiqariladi.
Kontaktorlar, magnitli ishga tushirgichlar va avtomatlar apparatni uzish paytida hosil bo‘luvchi elektr yoyini so‘ndirish uchun xizmat qiluvchi so‘ndirish kameralari bilan ta’minlangan.


ISHNING DASTURI

  1. Magnitli ishga tushirgich va avtomatning tuzilishi bilan tanishiladi.

  2. Magnitli ishga tushirgichning tok o‘tkazuvchi qismlari izolyasiyasining qarshiligi o‘lchanadi.

  3. Magnitli ishga tushirgichning g‘altagi tekshiriladi:

    1. G‘altak izolyasiyasining qarshiligi o‘lchanadi.

    2. G‘altakning omik qarshiligi o‘lchanadi.

    3. G‘altakning ishlab ketish va qaytish kuchlanishlari o‘lchanadi.

SHuni nazarda tutish kerakki, tarmoqning kuchlanishi pasayganda magnit va kontakt tizimlarining qaytishi natijasida magnitli ishga tushirgich uziladi. Bu motorning kuchlanish pasayishidan himoyasi hisoblanadi.

  1. Issiqlik relesi tekshiriladi va uning xarakteristikasi olinadi.



ISHNI BAJARISH TARTIBI
1. Apparat ko‘rib chiqilib, tashqi kamchiliklar yo‘qligiga ishonch hosil qilinadi. Magnitli ishga tushirgich va avtomatning tuzilishi bilan tanishiladi. Pasport ma’lumotlari yozib olinadi.
2. Stendning sxemasi bilan tanishiladi.
3. 1000 V li megommetr yordamida magnitli ishga tushirgichning qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas kontaktlari izolyasiyasining qarshiliklari o‘lchanadi.
«A» fazasi.
Riz (qo‘zg‘aluvchan kontakt – korpus) =
Riz (qo‘zg‘almas kontakt – korpus) =
Riz (qo‘zg‘almas kontakt – qo‘zg‘aluvchan kontakt) =
SHu tartibda «V» va «S» fazalar va fazalararo izolyasiyalarning qarshiliklari o‘lchanadi.
4. Magnitli ishga tushirgichning g‘altagi tekshiriladi.
4.1. 1000 V li megommetr yordamida g‘altak izolyasiyasining qarshiligi o‘lchanadi:
Riz (g‘altak – korpus) =
4.2. Vitston ko‘prigi yordamida g‘altakning omik qarshiligi o‘lchanadi:
Rg‘altak =
4.3. Stendning sxemasidan foydalanib, g‘altakning ishlab ketish kuchlanishi Uish va qaytish kuchlanishi Uq o‘lchanadi.
Tajriba quyidagi ketma-ketlikda o‘tkaziladi.
4.3.1. Kalit «KL» «uzilgan» holatida. Stendda avtomat «AV» ulanadi. Kuchlanishning mavjudligi L1 lampa bo‘yicha nazorat qilinadi. LATR chiqarilgan holatga (minimal kuchlanish holatiga) qo‘yiladi.
4.3.2. Kalit «KL» «1» holatiga qo‘yiladi.
4.3.3. LATR yordamida kuchlanish g‘altakning ishlab ketishigacha (magnitli ishga tushirgichning ulanishigacha) ko‘tariladi. Volmetrning ko‘rsatishi yozib olinadi. Bu kuchlanish g‘altakning ishlab ketish kuchlanishi Uish ga mos keladi.
4.3.4. LATR yordamida kuchlanish g‘altakning qaytishi (magnitli ishga tushirgich kontaktlarining uzilishi) gacha pasaytiriladi. Voltmetrning ko‘rsatishi yozib olinadi. Bu kuchlanish g‘altakning qaytish kuchlanishi Uq ga mos keladi.
Tajriba vaqtida LATRning tutqichi harakatga kelganda uni tutib turmaslik lozim.

  1. Issiqlik relesi tekshiriladi.

Issiqlik relesi TR magnitli ishga tushirgichlarni o‘ta yuklanishdan himoyalash elementi hisoblanadi. Tuzilishi bo‘yicha issiqlik relesi almashtiriluvchi qizitish elementi, qistirgich bilan mexanik bog‘lanib, normal sharoitlarda yopiq bo‘luvchi kontaktlar K1 dan tashkil topgan.
Bimetallik plastinka qiziganda u egiladi va qistirgichni bo‘shatadi. Qistirgich prujina ta’sirida chetga chiqadi va blokkontaktlarni ochadi. Bunda magnitli ishga tushirgichning g‘altagi ta’minotni yo‘qotadi va magnitli ishga tushirgich uziladi. Releni qaytarish tugmachasi yordamida qaytarish faqat bimetallik plastinka sovigandan so‘nggina mumkin bo‘ladi.
Releni rostlash qizitish elementini himoyalanuvchi zanjirning toki bo‘yicha tanlash va bimetallik plastinkani qistirgich bilan ulanishini relening old tomonida joylashgan rostlagichni burab o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tajriba quyidagi ketma-ketlikda o‘tkaziladi.
5.1. Issiqlik relesining tuzilishi bilan tanishiladi. Rele o‘rta holatga qo‘yiladi.
5.2. Sinash sxemasi yig‘iladi. Kalit «KL» «uzilgan» holatida joylashgan bo‘lishi shart.
5.3. Avtomat «AV» ulanadi. Kuchlanishning mavjudligini lampa L1 bildiradi. LATRning tutqichi minimal kuchlanish holatida turishi shart. Kalit «P» «uzilgan» holatida bo‘lishi shart. Bunda issiqlik relesi shuntlangan va sekundomer ulanmagan.
5.4. Klyuch «KL» «2» holatga ulanadi. Bunda magnitli ishga tushirgich ulanadi.
5.5. Transformator «PT» dagi kuchlanishni LATR yordamida oshirib borib, issiqlik relesi zanjiridagi tok lozim bo‘lgan qiymatgacha oshiriladi. Tokning qiymati ampermetr yordamida o‘lchanadi.
5.6. Kalit «P» ni burash orqali «ulangan» holatiga keltirib, issiqlik relesidan shunt olinadi va sekundomer ulanadi. Issiqlik relesi ishlaganda magnitli ishga tushirgich uziladi va uning kontaktlari sekundomerni ta’minlash zanjirini ochadi. Sekundomer issiqlik relesining ishlash vaqtini qayd qilib to‘xtaydi.
5.7. Tok 30, 35, 40 A bo‘lgan holatlar uchun issiqlik relesining ishlab ketish vaqti sekundomer yordamida aniqlanadi.
5.8. Issiqlik relesi rostlagichining ikkita chekkada joylashgan holatlari uchun ham ushbu o‘lchashlar takrorlanadi. Natijalar 6.1- jadvalga kiritiladi.
6.1- jadval

Tok I. A

30

35

40

Relening turli holatlarida ishlab ketish vaqti t, s

o‘rta










maksimal










minimal









5.9. Olingan natijalar bo‘yicha grafiklar quriladi va rele motorning 20% o‘ta yuklanishida ishlab ketishi shart deb hisoblab, motorning qizitish elementi himoyalashi mumkin bo‘lgan quvvati aniqlanadi.


Motorning kuchlanishi 380 V, quvvat koeffitsienti cos =0,8 qabul qilinadi. Motorning quvvati quyidagicha aniqlanadi:
.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling