Hodisa (Events) –birorta kadr yuklanishi tugagandan keyin biz aniq bir kadrga ega
bulamiz, foydalanuvchi kadr ob`ektlari ustidagi biror bir harakati
yoki amal bajarilishi
hodisadir.
Actions palitrasi
.
Action Script – dasturini kiritish
va tasvirlash uchun
mo‘ljallangan. Panel ikkita muhitda bo‘lishi mumkin: normal va ekspert. Ekspert muhitida
siz dasturni kiritish maydonida klaviatura yordamida berishingiz mumkin,
lekin normal
muhitda bunday qilish mumkin emas, shuning uchun buyruqni tahrirlash uchun pastdagi
parametrlar panelidan foydalaniladi.
Kerakli harakatni tanlash uchun «+» klavishini
bosish yoki til elementlari
ro‘yxatidan mos instruktsiyani tanlash kerak.
Macromedia Flash dasturida animatsiya yaratish.
Yuqorida
aytilganidek, Flash dasturida animatsiya ikki xil bo‘ladi: kadrli
(pokadrovoye sozdaniye) va avtomatik (avtomaticheskoye sozdaniye promejutochnыx
kadrov). Avtomatik animatsiya shakllar geometriyasini o‘zgarishi (shape tweening) yoki
boshqaruv kadrlar o‘zgarishi (motion tweening) asosidagi animatsiya turlarga bo‘linadi.
Boshqaruv kadrlar o‘zgarishi (motion tweening) asosida yaratilgan animatsiya
Shu turdagi animatsiyani yaratish uchun biz bitta boshqaruv kadrni yaratamiz va unga belgi
qo‘shamiz. Masalan, boshqaruv kadrda aylana chiziladi va u grafik tasvir belgi turiga F8
yoki «Vstavka» menyusida «Preobrazovat v simvol» (Convert to Symbol) buyrug‘i
yordamida o‘tkaziladi. Yoki Ctrl+F8 yoki «Vstavka» menyusida «Novыy simvol» (New
symbol) buyrug‘ini tanlab yangi belgi yaratamiz va belgilar
kutubxonasi yordamida uni
boshqaruv kadrga qo‘shamiz.
Endi belgi joylashgan boshqaruv kadrni sichqonchaning o‘ng tomondagi tugmasi
yordamida tanlab Creat motion tweening yoki «Vstavit»
menyusining shu nomli
buyrug‘ini tanlaymiz. Shu harakatlar natijasida boshqaruv kadr ranggi ko‘k rangga
o‘zgaradi. Endi sichqoncha bilan yangi kadrni tanlaymiz, (masalan 25 kadrni) va F6 yoki
«Vstavka» menyusida «Klyuchevoy kadr» (Insert keyframe)
aktiv qatlamda keyingi
boshqaruv kadrini yaratish buyrug‘ini tanlaymiz. Natijada 25 kadrda ko‘k rangli boshqaruv
kadr hosil qilinadi va shu kadrgacha birinchi boshqaruv kadrdan strelka hosil qilinadi.
Birinchi boshqarish kadrdan ikkinchi boshqarish kadrgacha kadrlar ko‘k rangda avtomatik
hosil qilinadi. Oxirgi harakatimiz - bu ikkinchi boshqarish kadrdagi belgini o‘zgartirish
(cho‘zish, aylantirish,
kattalashtirish, kichkinalashtirish yoki kadrdagi joylanishini
o‘zgartirish). Endi klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz va biz yaratgan animatsiyani
ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: