Ikkala animatsiyalarda ham ikkita boshqarish kadrlar o‘rtasidagi masofa kadrlarni
kompyuter o‘zi avtomatik yaratgan va animatsiya to‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatlanayapti.
Ammo agar bizga harakat trayektoriya bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lsa, uholda nima qilish
kerak? Bunday animatsiyalarni hosil qilish uchun bizning
qatlamimiz ustida maxsus
harakat trayektoriya qatlamini yaratish kerak bo‘ladi va shu qatlamda qalam bilan qiyshiq
trayektoriya chizig‘ini chizamiz. Natijani ko‘rish uchun klaviaturadagi Enter tugmasini
bosamiz.
Shu bilan birga avtomatik animatsiyalarda foydalanish mumkin bo‘lgan
yana bir
natija mavjud - bu maska qatlami. Maska qatlami uchun asosiy
qatlam
ustida yangi
bo‘sh qatlam yaratamiz. Shu qatlamni sichqonchaning chap tugmasi bilan bosib
Maska - Mask buyrug‘ini tanlaymiz. Natijada, qatlam ko‘k rangga o‘zgaradi
va
ikkala
qatlamlar
o‘zgarishlardan himoyalanadi. Maska qatlamdan shu himoyani
o‘chirib, boshqaruv kadrda bir nechta to‘rtburchaklar chizamiz. Keyin yana maska
qatlamning himoyasini yoqib klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz va natijani ko‘ramiz.
Maska
qatlamdagi
boshqaruv
kadrni
motion
tweening
yordamida
animatsiyalashtirilsa harakatlanish natijasi yanada chiroyli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: