1-ma’ruza: gandbol o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi


Download 59.43 Kb.
bet6/7
Sana10.03.2023
Hajmi59.43 Kb.
#1257583
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza

To‘pni urib chiqarish. Bu harakat to‘p olib yurgan xujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi Qulay payt poylab xujumchiga yaQinlashadi, to‘pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi. To‘pni urib chiqarish uni otish uchun qo‘lni orqaga uzatib, siltash harakatini bajarishda ham qo‘llaniladi. Himoyachi bunday holatda xujumchining to‘pni otmoqchi bo‘lgan qo‘lini orqaga uzatishini kutadi va shu payt qo‘l kafti bilan to‘pni tushiradi.
To‘pni to‘sish. Darvozaga yo‘naltirilgan to‘pga qarshilik ko‘rsatishda qo‘llaniladigan asosiy vosita hisoblanadi. YUqoridan, o‘rta va pastdan kelayotgan to‘pni bir va ikki qo‘l bilan to‘sish mumkin. To‘sishni bajarayotgan himoyachi qanchalik xujumchiga yakin bo‘lsa, to‘p yo‘nalishini aniqlash shunchalik oson bo‘ladi. SHuning uchun himoyachi to‘pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, shuningdek, to‘pni kuzatishi va o‘z vaqtida to‘p otayotgan o‘yinchini to‘xtatish uchun chiqishi lozim. Hujumchi to‘p otishidan oldin himoyachi bevosita qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, kaftlarini oldinga qaratib bir-biriga yakinlashtiradi va to‘pni to‘sishda qo‘l barmoqlarini jarohatdan saqlash uchun mushaklarini taranglashtiradi.
Erdan sakratib otilgan to‘pni to‘sish sakrab amalga oshiriladi. SHuning uchun himoyachi oldindan oyoqlarini bukkan holatda tayyorlanib turishi kerak.
Qo‘shilish. Bu usul o‘yinchilarni nazorat qilishni yo‘qotish xavfi tug‘ilganda qo‘llaniladi. Himoyachilar qo‘shilishib joy almashtirsa, bu holda ular kuzatuvchiga o‘yinchilari o‘zgaradi. To‘siq qo‘yilgan hujumchi orqaga harakat qilsa, shu zahoti uning raqibi oldinga chiqib, hujumchi ketgan tomonga o‘tadi. Odatda, bunday usul to‘siq qo‘yishda va xujumchilarning qarama-qarshi o‘rin almashtirishida qo‘llaniladi. Hujumchi himoya harakatlariga qo‘shilganda uni taqib qiluvchi yoki darvozaga yaqin turgan himoyachi javobgar bo‘lmog‘i kerak. Hujumchining xujum harakatlarini qiyinlashtirish uchun himoya qilishga o‘tgan o‘yinchi xujumchining kirish yo‘lini va faol harakatini to‘xtatishga harakat qilishi kerak. Buni amalga oshirish uchun himoyachi qarama-qarshi harakat qilib, ta’qibchidan ozod bo‘lishi maqsadga muvofikdir.

Download 59.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling