1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
Savol va topshiriqlar:
1.Geosiyosatning asosiy qonunlari qaysi? 2.Gesiyosatning qonuniyatlarini ta’riflang. 3.Geosiyosatning kategoriyalari. 3-Ma’ruza. GEOSIYoSAT KLASSIKLARI, GEOSIYoSIY JARAYoNLAR BORASIDAGI ILMIY YO‘NALIShLARNING ASOSIY G‘OYaLARI VA TAMOYILLARI Reja: Klassik geosiyosat maktabining shakllanishi. Fridrix Ratselning geosiyosiy qarashlari. Rudolf Chellen, Alfred Mexen, Xelford Makkinder, Karl Xausxofer va Nikolas Spaykmenning ilmiy qarashlari. Tayanch so‘zlar: geosiyosat, klassik geosiyosat, geosiyosat maktabi, geosiyosiy g‘oya, geosiyosiy konsepsiya, geosiyosiy qarash, geosiyosiy model, “Dengiz kuchlari”, “Tarixning geografik o‘qi”, “Xartlend”, “Rimlend”, “Panregionlar”. Klassik geosiyosat maktabining shakllanishi Insoniyat taraqqiyoti nafaqat ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, demografik jarayonlar silsilasi, omuhtasidan, balki siyosat bilan hududiy jarayonlarning o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanishi, yoki geosiyosiy jarayonlarni ham qamrab oladi. Jamiyat rivojlanishining aynan siyosiy va geografik jihatlari esa qadim zamonlardanoq olimlar e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Jumladan, bir gurux olimlar o‘z asarlarida davlatlarning joylashgan o‘rni, hududining katta-kichikligi, chegaralari xarakteri, tabiiy sharoiti (er yuzasi tuzilishi, iqlimi) va ayniqsa, tabiiy resurslari (tuprog‘i, suv, foydali qazilmalari), shular bilan birga, aholisi soni, uning ko‘p-ozligi, joylashuvi xususiyatlari, ularning (davlatlarning) rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘tganlar. Bunday olimlar qatoriga Aristotel, Platon, Strabon, Gerodot, Sh. Monteske, K. Ritter, I. Kant, A. Gumboldt va boshqalarni kiritish mumkin. Insoniyat taraqqiyotining siyosiy-geografik (geosiyosiy) qirralari bilan bog‘liq tadqiqotlar, fikrlar, qarashlar, jumladan davlatlarning vujudga kelishi va rivojlanishida, shuningdek turli xil siyosiy kuchlar, birlashmalar, ittifoqlar bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlarni shakllanishida geografik omillarning tutgan o‘rni va ahamiyatiga klassik geosiyosat namoyondalari tomonidan katta e’tibor qaratilgan. Shu sababdan, geosiyosiy jarayonlarning tub ildizlarini tadqiq qilish va o‘rganishda klassik geosiyosat nazariyasi muhim o‘rin tutadi. Shu o‘rinda, avvalo klassik geosiyosat nima, uning mazmun - mohiyati nimada, qachon vujudga kelgan, yirik namoyondalari kimlar, ularning g‘oya va qarashlari nimalardan iborat, jahon fanida klassik geosiyosat maktabining tutgan o‘rni va ilmiy - amaliy ahamiyati nimada, kabi xaqli savollar tug‘ilishi tabiiy. Soddaroq qilib aytganda, klassik geosiyosat – bu, XIX asr ohiri va XX asr boshlarida g‘arbning bir gurux tadqiqotchi va olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va jamiyat rivojlanishining siyosiy - geografik jihatlariga bag‘ishlangan g‘oyalar, qarashlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan hamda jahon ilm-fanida o‘ziga xos o‘rin tutgan muhim hodisadir. Uning aynan shu davrda vujudga kelishi, eng avvalo insoniyatning ko‘p asrlik murakkab ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hosilasi va uning hududiy xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, jamiyat taraqqiyotining XIX asrga kelib, yanada yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishi, davlatchilikning taraqqiy qilishi, ijtimoiy - siyosiy kuchlar, birlashmalar va ularning hududiy markazlarini shakllanishi, jahon va uning turli mintaqalarida geosiyosiy jarayonlarning rivojlanishi, va ayniqsa XX asr boshlarida dunyoning ikki yirik qarama-qarshi siyosiy qutblarga ajralishi kabi jarayonlar klassik geosiyosatning shakllanishi va rivojlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Klassik geosiyosat nazariyasi maktabining yirik namoyondalari qatoriga qaysi olim yoki tadqiqotchining mansubligi borasida turlicha fikrlar mavjud. Ammo, shunga qaramasdan aksariyat olimlar tomonidan ushbu maktab vakillari, ya’ni asoschilari qatoriga eng avvalo, Fridrix Ratsel (1844-1904 yy., Germaniya), Rudolf Chellen (1864-1922 yy., Shvesiya), Alfred Tayer Mexen (1840-1914 yy., Buyuk Britaniya), Xelford Jon Makkinder (1861-1947 yy., Buyuk Britaniya), Nikolas Spaykmen (1893-1943 yy., AQSh), va Karl Xausxoferlar (1869-1946 yy., Germaniya) kiritiladi. Zero, mazkur olimlar jahonning geosiyosiy manzarasi va rivojlanishini tushuntirishda o‘ziga xos g‘oya, nazariyalarni ishlab chiqqanlar va salmoqli asarlar qoldirganlar. Shular bilan birga, ayrim tadqiqotchilar Vidal de la Blash (Fransiya), J. Feyrgriv (Buyuk Britaniya), I. Boumen (AQSh), O. Maulni (Germaniya) ham klassik geosiyosat namoyondalari safiga kiritadilar. Klassik geosiyosat nazariyasi haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo shuni ta’kidlash joizki, uning vujudga kelishi nemis olimi Fridrix Ratsel nomi bilan chambarchas bog‘liqdir. Aynan F. Ratselning antropogeografik hamda siyosiy - geografik g‘oyalari klassik geosiyosat nazariyasining shakllanishida poydevor bo‘lib xizmat qildi. Binobarin, u jamiyat doimo harakatda, rivojlanishda ekanligini, bunda geografik, ya’ni hudud omili muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan xolda, - “hayot, (rivojlanish, N.M.) Yer sharining barcha hududlarini nisbatan tez egallab olgan va uning chekka sarhadlarigacha yetgan paytdan boshlab, uzluksiz ravishda va hamma joyda hudud (hayot) uchun kurashadi” deb asoslaydi. Binobarin, Ratsel o‘z asarlarida “geosiyosat” tushunchasini bevosita qo‘llamagan bo‘lsada, geosiyosat fanining asoschisi, otasi bo‘lib hisoblanadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling