1-Ma’ruza: Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga ehtiyoj va zamonaviy jamiyat rivojining zaruriy shartlari. Reja


Ma’naviy, g’oyaviy-mafkuraviy sohadagi tub o‘zgarishlar


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana24.12.2022
Hajmi1.07 Mb.
#1053106
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika 1-ma\'ruza

Ma’naviy, g’oyaviy-mafkuraviy sohadagi tub o‘zgarishlar:
-Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari 
-
Yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm 
g‘oyasidir.
“Hamma harakatlarimizning asosi — xalqimizni rozi qilish,
odamiylik nuqtai nazaridan nimaki qilayotgan bo‘lsak, hammasining
asosi
shu.
Shu
munosabat
bilan
ta’kidlab aytmoqchiman, biz
yaratayotgan Yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik,
gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr
tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz.
Albatta, bu yuksak g‘oyalar osmondan tushmagan. Ular xalqimizning
necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan”, —
deb ta`kidlaydi O‘zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyev.


Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi tub o‘zgarishlar:
- Xususiy mulk tan olindi;
- Barcha mulk shakllari teng ekanligi e’tirof etilishi;
- Tadbirkorlik faoliyatiga imkoniyat yaratilishi;
- Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishning
huquqiy asoslari yaratildi.


“Ijtimoiy pedagogika” atamasi 19-asr oʻrtalaridan boshlab
ishlatila boshlangan.
“Ijtimoiy
pedagogika”
tushunchasi
1844-yil.
K.Mager
tomonidan “Ta’limda ijtimoiy”, 1850 y. F.A.Disterveg tomonidan
esa "muayyan ijtimoiy sharoitlarda pedagogik yordam" sifatida
talqin qilinadi.
“Ijtimoiy pedagogika” atamasi qachondan
boshlab ishlatila boshlangan?


Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishiga salbiy
ta’sir ko‘rsatgan hodisalar nimalarni misol qilib
keltirish mumkin?


Ijtimoiy
pedagogikaning
rivojlanishiga
salbiy
ta’sir ko‘rsatgan
hodisalar:
XX
asrning
30-yillarida
boshlangan
ijtimoiy
tarbiyaning
diskreditatsiyalashuvi;
mahalliy olimlar va pedagoglarning xorijlik hamkasblaridan ajratgan
“temir parda”;
umuminsoniy qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi;
 ijtimoiy muammolar haqida “jim turish” siyosati, rahmdillik, mehr-
muruvvat an’analarining e’tibordan chetda qolishi kabilar misol
bo‘la oladi.


Hozirda, Respublikamizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi,
ta’lim borasida ham katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy
tuzilmalarni
insonparvarlashtirishning
yangi
tamoyillari,
bozor
iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillar
o‘zgarib borayotgan bir paytda ishsizlik, moddiy yetishmovchilik,
bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g‘ayri ijtimoiy
hodisalar — alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, fohishabozlik
kabi ijtimoiy muammolarni yechish ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bunday sharoitda jamiyatning ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsning
ijtimoiy muammolari bilan bog‘liq bo’lgan pedagogik masalalarni hal
qilishga yordam beruvchi mutaxassisga – ijtimoiy pedagogga ehtiyoj
paydo bo’ladi.



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling