1-Ma’ruza: Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga ehtiyoj va zamonaviy jamiyat rivojining zaruriy shartlari. Reja


IJTIMOIY PEDAGOGIKA FANINI O’RGANISH JARAYONIDA


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana24.12.2022
Hajmi1.07 Mb.
#1053106
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika 1-ma\'ruza

IJTIMOIY PEDAGOGIKA FANINI O’RGANISH JARAYONIDA 
QUYIDAGILARNI KO’RIB CHIQAMIZ:
 Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
 Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik
faoliyat
 Ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan olib boradigan faoliyati
 Ota-ona qaramog‘ida bo‘lmagan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-
pedagogik faoliyat
 Me’yordan og‘ish va deviatsiya – ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida
 Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat yuritish
 Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish
 Spirtli ichimliklar iste’mol qiladigan o‘smirlar bilan ijtimoiy-pedagogik
faoliyat yuritish.
 Giyohvandlik – bolalar deviant xulqining shakllaridan biri sifatida
 Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyalari


2. Fanning predmeti, obyekti, maqsad va vazifalari, uning 
boshqa pedagogik fanlar bilan bog‘liqligi.
Ijtimoiy pedagogikaning zarurligini quyidagi holatlar talab etayotgan edi:
Birinchidan, Bugungi kunda ta'lim va tarbiya maqsadi bilan uning ba'zi natijalari
o`rtasidagi qarama-qarshilik sabablarini
aniqlash va ularni bartaraf etish yo`llarini
aniqlash zarurligi talab
etilmoqda. Ushbu talab pedagogika olamiga jamiyatdagi
munosabatlar bilan shug`ullanuvchi sotsiologiyani olib kirish zaruriyatini uyg`otdi.
Ikkinchidan, ba'zi
jamiyat a'zolarining ongidagi
ma'naviy bo`shliqning
ijtimoiy
kelib chiqishi sabablarini aniqlash, ularni hal qilish mexanizmini yaratish kabi
yangi
muammolarning
yechimini
topish uchun pedagogik va sotsiologik
tushunchalarning tutashligiga asoslangan yangi metodologiyani talab etmoqda.


Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy munosabatlar va bunda
davlatning roli, axborotlar, ustoz-shogird munosabatlari, kadrlar muammolari,
yoshlarning
ma'naviyatida
ro`y
berayotgan
zaiflikning
sabablari, ularni
aniqlash, tekshirish, hal etish, ijtimoiy faollik kasbiy mahorat, shuningdek
mustaqil O`zbekistonda
kechayotgan ma'naviy
va mafkuraviy
islohatlarni,
umuman, jamiyatni «pedagog so`zi» bilan o’rganish ijtimoiy pedagogikaning
muammolaridan bo`lib hisoblanadi.
Hayotdan umid uzgan, o`ziga ishonmaydigan, hayotiy muammolarni mustaqil
hal eta olmaydigan
shaxslar
insoniy
yordam,
tushunish,
uning qayg`usiga
sherik bo’lishlarini kutadilar. O`z so`zi va faoliyati bilan shu kabi shaxslarda
o`ziga
ishonch
uyg`otish,
o`z imkoniyatlarini anglab
yetishlariga
yordam
berish sotsial pedagogning asosiy vazifasidir.



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling