Avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ). 1. Avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) – bu texnik va dasturiy vositalarning shaxsiy majmuasidir. U mutaxassis kasbiy mehnatini avtomatlashtirishga qaratilgan va unga kerakli hujjat va ma’lumotlarni tayyorlash, tahrir qilish, izlash va (ekran yoki qog‘ozga) chiqarishni ta’minlaydi. AIJ shaxsiy kompyuterdagi alohida avtomatlashtirilgan tizim shaklida amalga oshirilgan yoki avtomatlashtirilgan tizim atamasi bо‘lishi mumkin. 2. Avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) – bu foydalanuvchining muloqat (interaktiv) holatida ishlashi uchun mos mahalliy hisoblash tarmog‘i bо‘linmasidir.
Avtomatlashtirilgan tizim. Avtomatlashtirilgan tizim – bu inson faoliyati jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan dasturiy va apparatli vositalar tizimidir. Avtomatik tizimdan farqli о‘laroq, avtomatlashtirilgan tizim har doim inson ishtirokida faoliyat kо‘rsatadi va inson uning asosiy bо‘g‘inidir.
Avtomatlashtirilgan tizim matematik ta’minoti. Avtomatlash-tirilgan tizim matematik ta’minoti – bu tizimni boshqarish va uning yordamida hisoblash texnikasida axborotga ishlov berish vazifalarini bajarish uchun zarur bо‘lgan jami algoritmlar va dasturlardir.
Avtomatlashtirilgan tizimda axborotga ishlov berish. Avtomatlashtirilgan tizimda axborotga ishlov berish – bu avtomatlashtirilgan tizim vositalaridan foydalanib axborot ustida bajariladigan amallar (yig‘ish, jamg‘arish, saqlash, о‘zgartirish, in’ikos etish, chiqarish va shu kabilar) majmuasidir.
Avtomatlashtirilgan tizimning nimtizimi. Avtomatlashtirilgan tizimning nimtizimi – bu avtomatlashtirilgan tizimning aniq maqsad va vazifalarga javob beruvchi funksional yoki tuzilish xususiyati bо‘yicha ajratilgan qismidir.
Avtomatlashtirilgan tizimning texnik ta’minoti. Avtomatlash-tirilgan tizimning texnik ta’minoti – bu avtomatlashtirilgan tizim ishini ta’minlashga mо‘ljallangan texnik vositalar majmuasidir.
Axborot mahsulotlari. 1. Axborot mahsulotlari – bu hujjatlashtirilgan axborotdir. U foydalanuvchilar ehtiyojlariga muvofiq tayyorlanib, ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun mо‘ljallanadi yoki foydalaniladi. 2. Axborot mahsulotlari – bu mahsulot shaklida taqdim etilgan barcha turdagi axborot resurslari, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazalari va banklari hamda boshqa axborotlardir. 3. Axborot mahsulotlari – bu ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulot yoki xizmat sifatida moddiy yoki elektron shaklda keyinchalik tarqatilishi uchun tayyorlangan jami ma’lumotlardir. 4. Axborot mahsulotlari – bu ma’lum shaxsning faoliyati natijasi bо‘lmish axborotdir. Axborot mahsuloti о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- axborot (ma’lumotlar, bilimlar);
- axborot tashuvchilari;
- axborot vositalari va texnikasi;
- axborot faoliyatini ta’minlovchi mahsulotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |