1-ma’ruza. Intellektual axborot texnologiyalarini kirish. Intellektual axborot texnologiyalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar
Download 105 Kb.
|
1-Маъруза-Инт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot tizimlari egasi.
Axborot oqimi. Axborot oqimi – bu makon va zamonda uzatiladigan axborotdir.
Axborot texnologiyasi. 1. Axborot texnologiyasi – bu axborotni tо‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlardir. 2. Axborot texnologiyasi – bu ma’lumotlami tо‘plash, ularga ishlov berish, saqlash, uzatish va ulardan foydalanish jarayonida hisoblash texnikasidan foydalanish yо‘llari, usullari va uslublaridir. 3. Axborot texnologiyasi – bu hujjatlashtirilgan axborot, jumladan dasturli vositalarga ishlov berishning jami uslublari, yо‘llari, usullari va vositalari hamda ulardan foydalanishning belgilangan tartibidir. 4. Axborot texnologiyasi – bu inson faoliyatining turli sohalarida axborot mahsulotini ishlab chiqarishda axborot jarayonlarini amalga oshirishning jami usullaridir. 5. Axborot texnologiyasi – bu insonlar tomonidan axborotni yig‘ish, saqlash, ishlov berish va tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlaridir. Keng ma’noda axborot texnologiyasi misoli sifatida idora chо‘tidan foydalanish va kitoblarni bosishni kо‘rsatish mumkin. Tor ma’noda «axborot texnologiyasi» atamasi axborotga ishlov berish uchun ushbu axborotdan foydalanuvchi jarayonlarining ser mehnatligini kamaytirish va ularning ishonchliligini va tezkorligini oshirish maqsadida zamonaviy elektron texnikasidan foydalanish bilan bog‘liq. Axborot tizimlari egasi. Axborot tizimlari egasi – bu qonun bilan yoki axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan xuquqlar doirasida axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Axborot tizimi. 1. Axborot tizimi – bu axborotni tо‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda ulardan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. 2. Axborot tizimi – bu tashkiliy (jumladan, axborot jarayonlarini amalga oshiruvchi hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalangan holda) tartibga solingan jami hujjatlar (hujjatlar massivlari) va axborot texnologiyalari. 3. Axborot tizimi – bu bir butunni tashkil qiluvchi tartibga solingan jami axborot texnologiyalari, obyektlar va ular orasidagi munosabatlar. Obyektlar sifatida axborot tizimi tarkibiga aniq axborot jarayonini bajarish uchun kerakli xodimlar, axborot, moddiy-texnikaviy va boshqa resurslar kirishi mumkin. 4. Axborot tizimi – bu tartibga solingan funksional nuqtai-nazardan о‘zaro bog‘liq jami dasturiy-apparat vositalari va axborotni tо‘plash, unga ishlov berish, saqlash va uzatish texnologiyalari. 5. Axborot tizimi – bu axborotni yig‘ish, saqlash va unga ishlov berish bilan bog‘liq bо‘lgan istalgan tizim. Shu nuqtai-nazardan tizimlashtirilgan kartoteka ham, ma’lumotlar banki ham axborot tizimi hisoblanadi. 6. Axborot tizimi – bu foydalanuvchilar (inson va dasturlar) sо‘rovi bо‘yicha axborotni saqlash, izlash va berish uchun mо‘ljallangan hisoblash tizimi. Odatda axborot tizimi о‘z ichiga katta va murakkab ma’lumotlar bazalari va bilimlar bazalarini olib, bir necha tashkilot foydalanuvchilarini axborot bilan ta’minlaydi. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling