1-ma’ruza. Intellektual axborot texnologiyalarini kirish. Intellektual axborot texnologiyalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar
Download 105 Kb.
|
1-Маъруза-Инт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot tizimi
Axborotlashtirish. 1. Axborotlashtirish – bu yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bо‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni. 2. Axborotlashtirish – bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish va bilim va axborotni tarqatishning jadallashtirish jarayoni. 3. Axborotlashtirish – bu jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha sohalarida axborot va bilimlardan foydalanish samaraliligini oshirish, fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborot ehtiyojlarini qondirish va axborot jamiyatiga о‘tish uchun sharoitlar yaratish maqsadida AKTdan keng kо‘lamli foydalanish jarayoni. 4. Axborotlashtirish – bu davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslariga ishlov berish va foydalanuvchiga hujjatlashtirilgan axborotni taqdim etishni amalga oshiruvchi axborot tizim va tarmoqlari asosida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, hodisalar va jarayonlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish ehtiyojlarini qondirishning ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni.
Axborot tizimi tushunchasi kо‘p qirrali, uning mazmuni va mohiyati axborot texnologiyasi qо‘llanilayotgan obyektning о‘ziga xos xususiyatlari, xossalari bilan belgilanadi. Axborot tizimini tо‘liq va har tomonlama bilish uchun uning о‘ziga xos xususiyatlari tizimini aniqlash kerak bо‘ladi. Shu maqsadda quyida axborot tizimini bir necha alomatlariga kо‘ra sinflarga ajratish mumkin: - avtomatlashtirish darajasi; - boshqaruv jarayonining turlari bо‘yicha; - qо‘llanilish sohalari bо‘yicha; - faoliyat kо‘rsatish sohasi bо‘yicha; - qо‘llanilish doirasi bо‘yicha; - boshqaruv tizimi darajasi bо‘yicha; - integratsiyalashuv darajasi bо‘yicha; - qо‘llanilish yо‘nalishi bо‘yicha; - sifat darajasi bо‘yicha va hokazo. Axborot tizimi deb ma’lumotlarni tо‘plash, saqlash, izlash, qayta ishlash va uzatishning qо‘yilgan maqsadga olib boruvchi vositalari, metodlari va personalning о‘zaro bog‘liq majmuasiga aytiladi. О‘zbekiston Respublikasida 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish tо‘g‘risida”gi Qonunda axborot tizimiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Axborot tizimi – bu axborotni tо‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir». Demak, axborot tizimi deb qо‘yilgan maqsadga erishish uchun axborotni tо‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari hamda personalning о‘zaro bog‘liq majmuasiga aytiladi. Dastlabki axborot tizimlari (AT) о‘tgan asrning 50-yillarida yaratilgan. 60-yillarda yaratilgan AT laridan olingan ma’lumotlar turli darajadagi davriy hisobotlarni yaratishda qо‘llanila boshladi. 70-80-yillarda AT lar boshqaruv nazoratining vositasi sifatida ishlatila boshladi. 80-yillardan boshlab AT lar axborotlarning strategik manbai sifatida boshqaruvning barcha bо‘g‘inlarida ishlatila boshlandi. Axborot tizimining faoliyatini ta’minlovchi jarayonlar shartli ravishda quyidagi bloklardan iborat: - axborotlarni tashqi yoki ichki manbalardan kiritish; - kiritilgan axborotlarni qayta ishlash va qulay kо‘rinishda tasvirlash; - axborotlarni iste’molchilarga chiqarish yoki boshqa ATlarga uzatish; - teskari aloqa – mazkur tashkilot personali tomonidan qayta ishlanib yana kiritiladigan axborot. Axborot tizimlari quyidagi xususiyatlarga egalar: - har qanday AT tizimni yaratishning umumiy tamoyillariga binoan tahlil qilinishi, qurilishi va boshqarilishi mumkin; - AT о‘zgaruvchan va taraqqiy etuvchidir; - AT ni yaratishda tizimli yondashishga amal qilinadi; - AT ning mahsuloti bо‘lmish axborotga asoslangan holda qarorlar qabul qilinishi mumkin; - AT ni axborotlarni qayta ishlashning inson-kompyuter tizimi sifatida qarash mumkin. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling