1-ma’ruza. “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” faniga kirish
Download 44.05 Kb.
|
1 maruza
Ma`lumotlarni saqlash. Operatsiyali faoliyat darajasidagi ko`pgina ma`lumotlarni keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa darajada saqlash zarur. Ularni saqlash uchun ma`lumotlar bazasi yaratiladi.
Hisobotlar (xujjatlar) ni yaratish. Ma`lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasida firma rahbariyati va xodimlari uchun hujjatlar yaratish lozim. Boshqarishning axborot texnologiyalarining maqsadi qarorlarni qabul qilishga aloqasi bo`lgan barcha firma xodimlarining axborot extiyojlarini qondirishdir. U boshqarishning istalgan darajasida foydali bo`lishi mumkin. Boshqaruvning axborot texnologiyasi xilma-xil turdagi hisobotlarni yaratishga mo`ljallangan. Doimiy hisobotlar belgilangan grafikka muvofiq yaratiladi. Maxsus hisobotlar boshqaruvchilar so`rovi bo`yicha yoki kompaniyada biror-bir rejalashtirilmagan hodisa ro`y berganda yaratiladi. Qiyosiy hisobotlar turli manbalardan olingan yoki turli belgilarga ko`ra tasniflangan va qiyoslash maqsadlari uchun foydalaniladigan ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. Favqulotda hisobotlar istisno tariqasidagi ma`lumotlarni qamrab oladi. Boshqaruvni qo`llab quvvatlash uchun hisobotlardan foydalanish chetga chiqishlar bo`yicha boshqarish deb ataladigan jarayonni amalga oshirishda, ayniqsa, samaralidir. Avtomatlashtirilgan ofis firma boshqaruvining barcha darajadagi menejerlari uchun (faqat xodimlar ichki firma aloqasini qo`llab-quvvatlash uchungina emas), balki ularga tashqi muhit bilan yangi kommunikatsiya vositalarini taqdim etishi jihatidan ham diqqatni o`ziga tortadi. Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi kommunikatsiya jarayonlarini ham tashkilot ichida, ham tashqi muhit bilan axborot uzatish va u bilan ishlashning komp`yuter tarmoqlari va zamonaviy vositalar negizida tashkil etish va qo`llab-quvvatlashdir. Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish texnologiyasini ta`minlovchi komp`yuter va nokomp`yuter texnik vositalar uchun bir necha o`nlab dasturiy mahsulotlar ma`lum: matnli protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta, elektron kalendar`, audiopochta, komp`yuterli va telekonferentsiyalar, shuningdek, boshqaruv faoliyatining maxsus dasturlari kiradi. Qaror qabul qilishni qo`llab-quvvatlashning tizimi tarkibiga uch asosiy qism: ma`lumotlar bazasi, modellar bazasi va tizim osti dasturi kiradi. So`ngisi ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT), modellar bazasini boshqarish tizimi (ModBBT) foydalanuvchi va komp`yuter o`rtasidagi interfeys bilan boshqarish tizimidan iborat. Ma`lumotlar bazasi qarorlarni qabul qilishni qo`llab-quvvatlashning axborot texnologiyasida muhim rol` o`ynaydi. Ma`lumotlar bevosita foydalanuvchi tomonidan matematik modellar yordamida hisob-kitoblar uchun foydalanishi mumkin. Ma`lumotlarning bir qismi axborot tizimidan operatsiyaviy darajaga kelib tushadi. Ulardan samarali foydalanish uchun bu ma`lumotlar oldindan qayta ishlanishi lozim. Firma operatsiyalari haqidagi ma`lumotlardan tashqari, qaror qabul qilishni qo`llab-quvvatlash tizimi ishlashi uchun boshqa ichki ma`lumotlar, masalan, xodimlarning harakati haqidagi ma`lumotlar talab etiladi. Ular o`z paytida kiritilishi lozim. Boshqarishning yuqori darajalarida qaror qabul qilishni amalga oshirish uchun tashqi manbalardan olinadigan ma`lumotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Ichki ma`lumotlardan farqli ravishda tashqi ma`lumotlar odatda ularni yig`ishga ixtisoslashgan tashkilotdan sotib olinadi. Hozirgi paytdagi ma`lumotlar bazasiga yana bir ma`lumotlar manbai -yozuvlar, xatlar, shartnomalar, buyruqlarni o`z ichiga olgan xujjatlarni kiritish haqidagi masala keng tadqiq etilmoqda. Modellar bazasi. Modellarni yaratishdan maqsad ayrim ob`ekt yoki jarayonlarni tasvirlash va qulaylashtirishdir. Modellardan foydalanish qarorlarni qabul qilishni qo`llab-quvvatlash tizimida tahlil o`tkazishni ta`minlaydi. Muayyan algoritmlar yordamida muammoning matematik talqiniga asoslangan modellar qarorlarni to`g`ri qabul qilish uchun foydali axborotni topishga qulaylik yaratadi. Axborot tizimlari tarkibida modellardan foydalanish statistik uslublar va moliyaviy tahlil uslublarini qo`llashdan boshlanadi. Foydalanish maqsadlari bo`yicha modellar ayrim ko`rsatkichlarning eng quyi yoki eng yuqori nuqtalarini topish bilan bog`liq optimallashgan va ayrim tizimlar ishini bayon etuvchi va boshqaruv maqsadlari uchun mo`ljallanmagan tasvirlovchiga bo`linadi. Baholash usuliga ko`ra, modellar boshlang`ich ma`lumotlarning aniq bir qiymatida bir son bilan o`zgaruvchilarni baholashda foydalanuvchi deterministik va boshlang`ich ma`lumotlar ehtimoliy xarakteristikalarda berilganligi tufayli bir necha parametrlar bilan o`zgaruvchilarni baholovchi statistikga tasniflanadi. Qaror kabul qilishini qo`llab-quvvatlash tizimlarida modellar bazasi strategik, taktik va operativ modellardan iborat bo`ladi. Ular, shuningdek, elementlarni tuzishda foydalaniladigan model bloklar,modullar va ish tartiblari jamlanganligi ko`rinishidagi matematik modellarni ham o`z ichiga oladi. Strategik modellar boshqaruvining oliy darajasida tashkil qilish maqsadlari, unga erishish uchun zarur bo`lgan zaxiralar hajmlari, shuningdek, bu zaxiralarni sotib olish va ulardan foydalanish siyosatini o`rnatish uchun ishlatiladi. Taktik modellar o`rta bo`g`in boshqaruvchilari tomonidan mavjud zaxiralardan foydalanishni taqsimlash va nazorat qilish uchun qo`llaniladi. Ulardan foydalanishning ehtimoliy sohalari orasida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: moliyaviy rejalashtirish, xodimlarga talablarni rejalashtirish, savdo-sotikni rejalashtirish. Odatda taktik modellar deterministik, optimallashgan va universal shakllarda amalga oshiriladi. Operativ modellar boshqarishning quyi darajalarida kunlar va xujjatlar bilan o`lchanuvchi muddatlarda operativ qarorlar qabul qilishni qo`llab-quvvatlash uchun foydalaniladi. Bu modellardan odatda firma ichidagi ma`lumotlar hisob-kitobi uchun foydalaniladi. Matematik modellar matematik uslublarni amalga oshiruvchi model bloklar, modullar va ish tartiblari jamlanmasidan iborat bo`ladi. Bunga chiziqli dasturlashtirish, vaqtinchalik qatorlarning statistik tahlili, regressiv tahlil kirishi mumkin. Modellar bazasining boshqaruv tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega bo`lishi lozim: yangi modellarni yaratish, modellar parametrlarini qo`llab-kuvvatlash va yangilash, modellarni manipulyatsiya qilish. Interfeys bilan boshqarish tizimi. Axborot texnologiyalarining samaradorligi va moslashuvchanligini ko`p jihatdan qaror qabul qilishni qo`llab-quvvatlashning interfeys tizimi xususiyatlariga bog`liq. Interfeys: foydalanuvchining tili, displey ekranida muloqotni tashkil etuvchi komp`yuter xabarining tili; foydalanuvchining bilimini belgilaydi. Download 44.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling