1-ma’ruza. “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” faniga kirish


Axborot tizimlarining rivojlanish yo`nalishlari


Download 44.05 Kb.
bet16/16
Sana20.06.2023
Hajmi44.05 Kb.
#1627167
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1 maruza

Axborot tizimlarining rivojlanish yo`nalishlari
Komp`yuterni ishlatish texnologiyalarining mukammallashishi to`g`risi –dagi tassavurlarni 3 – jadvalni ko`rish orqali olish mumkin.
Hozirgi vaqtda hisoblash texnikasi rivojlanishining asosiy yo`nalish EHM qo`llanish sohalarini yanada kengaytirish va natijada alohida mashi –nalardan ularning tizimlariga – funktsional imkoniyatlari va tavsiflari keng diapazonli turli – tuman konfiguratsiyadagi hisoblash tizimlariga va komplekslariga o`tishdir.
SHaxsiy EHMlar asosida yaratiladigan eng istiqbolli xudud jixatidan taqsimlangan axborot – hisoblash tarmoqlari axborotni hisoblash bilan ishlab chiqarishdan ko`ra ko`proq kommunikatsion axborot xizmatlari: elektron pochta, telekonferentsiya tizimlari va axborot – ma`lumotnoma tizimlariga yo`naltirilmoqda. Jamiyatni axborotlashtirishning texnik jixatlari.
Mutaxassislarning hisoblashlaricha XXI asr boshlarida rivojlangan mamlakatlar jamiyatlarida asosiy axborot muxitining almashishi bo`lib o`tadi. An`anaviy ma`lumot kanallari (radio, televidenie, matbuot) bo`yicha va komp`yuter tarmoqlari bo`yicha jamiyat oladigan ma`lumotlarni solishtirilsa, ularning xajmlarini 2.8–rasmda ko`rsatilgan diagramma bo`yicha izoxlash mumkin.
Bugunning o`zida global axborot tarmog`i Internet ning foydalanuvchilari bu tarmoqning bilimlar saqlanadigan joyidagi deyarli istalgan maxfiy ma`lumotni olishlari mumkin.
Fayllar ko`rinishida shakllantirilgan Vatikan kutubxonasidagi ixti –yoriy bir necha yuz diniy kitoblarni, qo`lyozmalarni yoki sur`atlarni ko`rib chiqish yoki o`qib chiqish, Karnegi Xill zalidagi musiqalarni tinglash, Luvr galereyasini ―ko`zdan kechirish‖ yoki AQSH prezidentining Oq uydagi xona –siga ―mo`ralash‖ mumkindir; bu suppertarmoqning foydalanuvchilari o`rga –nish uchun kerakli mavzu bo`yicha ularni qiziqtirgan maqolani yoki maqolalar to`plamini olishi mumkin, tarmoqda o`zining yangi ishini ―chop etishi‖, uni manfaatdor mutaxassislar bilan muhokama qilish mumkin .
Internet tarmog`ida ―gipermatn‖ tamoyili ishlatilgan, unga muvofiq abo-nent o`qib chiqilayotgan matnda uchraydigan asosiy so`zlarni tanlab olib, kerakli qo`shimcha tushuntirishlarni va qo`shimcha materiallarni olishi va o`rganayotgan muammoni echish uchun ishlatishi mumkin. Bu tamoyilni ishlatib, abonentlar o`zlarini qiziqtirgan istalgan mavzuga mo`ljallangan, istalgan darajadagi mukammal va ishonchli elektron gazetani o`qib chiqishlari mumkin. Internet elektron pochtasi er sharining istalgan nuqtasidan (bu tarmoqning terminallari bor bo`lgan) pochta jo`natmalarini 3 – 5 sekundda olishlari mumkin, oddiy pochtani ishlatganda esa bu ish bir xafta va xatto bir oy cho`zilishi mumkin.
Massachuset universitetida (AQSH) elektron kitob yaratilgan, u erda tarmoqdan istalgan ma`lumotni yozish mumkin; bu kitobni, tarmoqdan uzilgan holda, avtonom xolatda, istalgan joyida o`qish mumkin. Kitobning o`zi qattiq muqovali, yupqa, suyuq kristalli qayd qiluvchilarga – qog`ozsimon sintetik sirtli va yuqori sifatli ―bosma‖ saxifalarga egadir.
EHM ning o`zini ishlab chiqishda va yaratishda keyingi yillarda quvvatli komp`yuterlar – super EHM va miniatyur va o`ta miniatyur SHK larga ko`proq e`tibor berilmoqda. YUqorida ko`rsatilgandek, taqsimlangan ―neyron‖ arxitekturaga – neyrokomp`yuterlarga asoslangan 6 – avlod EHM larni yaratish bo`yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, neyro –komp`yuterlarda xozirdan mavjud bo`lgan ixtisoslashgan tarmoq MP lari – transp`yuterlar ishlatilishi mumkin. Transp`yuter –bu tarmoqni ichiga sozlangan aloqa vositasi mavjud bo`lgan tarmoq mikroprotsessoridir.
Masalan, IMS T800 transp`yuteri taktli chastotasi 30 MGts bo`lganda sekundiga 15 mln amal tezkorlikka,Intel Warp transp`yuteri esa taktli chastotasi 20 MGts bo`lganda – sekundiga 20 mln amal (ikkala transp`yuter ham 32 razryadlidir) tezkorlikka ega.
EHM ning ayrim qurilmalarini yaratish bo`yicha yaqin oradagi taxminlar:

.


Adabiyotlar ro’yhati


  1. O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 11-fevral.

  2. O‘zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 21-may.

  3. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to‘g‘risidagi Qonuni. Oliy ta‘lim. Me‘yoriy hujjatlari to‘plami: Mualliflar jamoasi. – T.: SHarq , 2001, 672-b.



Download 44.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling