1-ma’ruza. “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” faniga kirish


Download 44.05 Kb.
bet11/16
Sana20.06.2023
Hajmi44.05 Kb.
#1627167
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1 maruza

Axborot texnologiyalari


Texnologiyalar. «Texnologiya» – grekcha so`z bo`lib (techne) san`at, maxorat, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma`lum bir jarayonga nisbatan qo`llanilgan texnik jarayondir.
Jarayon - deganda oldiga qo`yilgan maqsadga erishishga yo`naltirilgan xattiharakatlar muayyan jamlanmasi tushuniladi. Ushbu jarayon ma`lum odam tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki uning yarim tayyor shakli, xususiyati, holatining o`zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.
Axborot texnologiyalari to`g`risida gap ketganda, material sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq, bu ob`ekt, jarayon yoki hodisa to`g`risidagi sifat jihatidan yangi ma`lumot bo`ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo`ladi.

Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalari deganda, xom-ashyo yoki materalning holati, xususiyatlari, shakllarini qayta ishlash, tayyorlash, o`zgartirish, vosita va uslublari jamligini belgilovchi jarayon tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadlarida materiyaning sifati yoki boshlang`ich holatini o`zgartiradi. (2.5. rasm)


5.- rasm. Axborot texnologiyasi moddiy zaxiralarni qayta ishlash texnologiyasi analogi sifatida.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalari maqsadi - inson yoki tizim ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Axborot texnologiyalarining maqsadi esa inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti harakatni bajarish bo`yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi ob`ekt,jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma`lumotlarni to`plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir. Ma`lumki, turli texnologiyalarni moddiy
zaxiralarga qo`llab borib, turli mahsulotlarni olish mumkin. Axborotni qayta ishlash texnologiyalari uchun ham bu narsa adolatli bo`ladi. Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy komponentlarini qiyoslash quyidagi 2-jadvalda ko`rsatilgan.
2-jadval Texnologiyalarning asosiy komponentlarini qiyoslash

Mahsulotlarni ishlab chiqarishning asosiy texnologiyalar komponentlari


Moddiy

Axborot

Xom-ashyo va materiallarni


tayyorlash


Ma`lumotlar yoki boshlang`ich axborotni yig`ish


Moddiy mahsulotni ishlab


chikarish


Ma`lumotlarni qayta ishlash va sernatija axborot olish


Ishlab chiqarilgan maxslotlarni iste`molchiga sotish


Sernatija axborotni uning asosida karorlar qabul qilish uchun foydalanuvchiga uzatish



Axborot texnologiyasi avtomatlashgan va an`anaviy (qog`oz) ko`rinishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir texnologiyaning mohiyatiga bog`liq.
Avtotomatlashtirish – bir inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo`lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokinining qisman yoki butunlay imkonini beradi.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT) – boshqaruv vazifalarini hal etish uchun tizimli tashkil etilgan jarayonlarni amlga oshirish usul va vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalaniladigan rivojlangan dasturiy ta`minotni qo`llash bazasida bajariladi. Madomiki, axborot texnologiyasini amalga oshirishdagi texnik vositalarning asosiy qismini komp`yuter texnikasi tashkil etar ekan, bu o`rinda axborot texnologiyasi, tushuniladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta`minlovchi va funktsional qismlarga ega. (6. – jadval)



Ta`minlovchi qism
Texnik ta`minot Axborot ta`minoti
Matematik ta`minot Tashkiliy ta`minot
Lingvistik ta`minot Uslubiy ta`minot
Dasturiy ta`minot Huquqiy ta`minot
Ergonomik ta`minot



Funksional qism


Avtomatlashtirilgan axborot tizimi


58

6 - rasm. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Ta`minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvinistik ta`minotdan iborat bo`ladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga quyidagilar kiradi: odam (xodim), texnik vositalar va dasturiy ta`minot. Ular birgalikda boshqaruv usullari uchun ma`lumotlarni qayta ishlaydi. (7-rasm).
Insonning kundalik mehnat faoliyati tashqi muxit to`g`risidagi axborotlarni qabul qilish va to`plash, turli masalalarni echish uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni aniqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajarish bilan bog`liq bo`ladi. SHu sababli, ham yuqoridagi amallar majmuasi, ularni tadbiq etish usullarini vositalari axborot tizimlarini (AT) yaratish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Axborot texnologiyalarining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni tegishli sohaga taaluqli bo`lgan axborot bilan ta`minlashiga qaratilgan. EHMlar yaratilishi natijasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini (AAT) hosil qilish imkoniyatlari paydo bo`ldi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari–shaxsiykomp`yuterlar va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining do`stona interfeysli, axborot texnologiyasidir.


Avtomatlashtirlganaxborot tizimi

7 - rasm. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini funktsional tashkil qilinishi.


  • Zamonaviy axborot texnologiyalarining uch asosiy tamoyili:


  • komp`yuterli interaktiv (muloqotli) ish rejimi;


  • boshqa dasturli mahsulotlar bilan integratsiyalashlik (tutashish), o`zaro aloqa:


  • ham ma`lumotlar, ham vazifaning qo`yilishi jihatidan o`zgarishlarjarayonlarining moslashuvchanligi.


Bugungi kunda ta`minlovchi ZAT va funktsioanl ZAT haqida gapirish mumkin. Ta`minlovchi ZAT turli vazifalarni hal qilish uchun xilma-xil predmetli sohalarda asboblar majmui sifatida foydalanilishi mumkin bo`lgan axborotni qayta ishlash texnologiyasidir.Ta`minlovchi turidagi axborot texnologiyalari vazifalarga yo`naltirilgan sinflarga nisbatan tasnif qilinishi mumkin. Funktsional ZAT ta`minlovchi ZATlarning shunday modifikatsiyasini o`zida namoyon etadiki, unda predmetli texnologiyalardan birortasi realizatsiya qilinadi. Masalan, bank kredit bo`limi xodimining EHMdan foydalaniladigan ishi qarz oluvchining kredit olish qobilyatni baholashning bank texnologiyalari yig`indisi, kredit shartnoma va tezkor majburiyatlar, to`lovlar grafik hisob-kitobi va biror - bir axborot texnologiyalarida amalga oshirilgan boshqa texnologiyalarni shakllantirishni albatta ko`zda tutadi: matnli protsessordagi MBBT va hokazo. Predmetli texnologiya va axborot texnologiyalari bir-biriga ta`sir etadi. Masalan, plastik kartochkalarning moliyaviy axborot tashuvchiligi predmetli texnologiyalarni tubdan o`zgartiradi, bu tashuvchisiz mavjud bo`lmagan imkoniyatlarni beradi. Misol tariqasida kartoteka bilan ishlash bank texnologiyasini keltirish mumkin, u moliyaviy nazorat motivlari bo`yicha shaxsiy hisob raqamining yopilishi tufayli qayta ishlashga tushgan va bajarilmagan xujjatlarni o`z ichiga oladi. Bu holda avval hisob raqami yoziladi, so`ngra, agar axborot texnologiyasi qo`llansa, bu yozuv kartoteka raqami bilan shunday belgilanadiki, hisob raqamidagi qoldiqni kamaytiruvchi barcha boshqa xujjatlar ushbu kartotekaga tushishi kerak. Axborot texnologiyalari komp`yuterda saqlanuvchi ma`lumotlar ustida turli murakkablik darajasidagi operatsiyalar, amallar, bosqichlarni bajarishning aniq reglamentli qoidalaridan tashkil topadi. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi – axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish. Axborot tizimi axborotni qayta ishlashning axborot-komp`yuter tizimini o`zida ifodalaydi.




Download 44.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling