1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


O‘simlikning nomi. Malla angishvonagul – Digitalis ferruginea L.; sigirquyruqdoshlar – Scrophulariaceae oilasiga kiradi


Download 261.85 Kb.
bet106/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

O‘simlikning nomi. Malla angishvonagul – Digitalis ferruginea L.; sigirquyruqdoshlar – Scrophulariaceae oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, bo‘yi 40–70 (ba’zan 120) sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi er ostida egri-bugri, gorizontal joylashgan. Poyasi bitta, tuksiz, asos qismi yoysimon ko‘tariluvchi. Ildizoldi to‘p barglari va poyaning pastki qismidagi barglari cho‘ziq lansetsimon, o‘tmas uchli, tekis qirrali bo‘lib, uzunligi 7–15 sm, eni 1–2,5 sm. Barg plastinkasi sekin-asta qisqa qanotli bandga aylana boradi. Poyaning o‘rta va yuqori qismidagi barglari bandsiz, cho‘ziq lansetsimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali bo‘lib, poyada ketma-ket joylashgan. Barg poyaning yuqori qismiga chiqqan sari kichkinalasha boradi. Bargning katta tomiri bilinadi, xolos. Gullari 15–40 sm uzunlikdagi ko‘p gulli shingilga to‘plangan. Guli malla-sariq rangga bo‘yalgan. Gulkosachasi asos qismigacha beshga qirqilgan, gultojisi esa qo‘ng‘iroqsimon, ikki labli. YUqori labi ikki bo‘lakli, kalta, pastki labi uch bo‘lakli, o‘rtasidagi bo‘lagi boshqalariga nisbatan uzun. Otaligi 4 ta, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – ko‘p urug‘li tuxumsison ko‘sakcha.
Iyun-iyul oylarida gullaydi.
O‘simlikning hamma qismi zaharli.
Geografik tarqalishi. Zakavkazening janubiy-sharqidagi keng yaproqli o‘rmonlarda va butalar orasida o‘sadi.
Kimyoviy tarkibi. Malla angishvonagul bargida 1% gacha yurak glikozidlari uchraydi.
Dorivor preparatlari. Digalen neo (suyuq holidagi yangi galen preparati, shisha idishdagisi ichiladi, ampuladagisi teri ostiga yuboriladi).


Strofant urug‘i – Semina strophanthi
O‘simlikning nomi. Kombe strofanti – Strophanthus kombe Oliv.; kendirdoshlar – Apocynaceae oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik liana o‘simligi bo‘lib, bargi tuxumsimon, sertuk, o‘tkir uchli, poyada bandi bilan qarama-qarshi o‘rnashgan. Gullari yarim soyabonga to‘plangan. Gulkosachasi chuqur 5 ga qirqilgan, tojbargi 5 ta bo‘lib, ustki tomoni oq, ichi esa sariq. Har qaysi tojbargning uchki qismida osilgan, uzun, buralgan ipchalari bo‘ladi. Otaligi 5 ta, onalik tuguni yarim pastga joylashgan. Mevasi – ikki bo‘lakli, to‘q qo‘ng‘ir rangli, bir xonali, ko‘p urug‘li, 1 m uzunlikdagi, pishganda ochiladigan bargcha.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling