1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Mahsulotning tashqi ko‘rinishi


Download 261.85 Kb.
bet103/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot angishvonagul o‘simliklarning quritilgan bargidan tashkil topgan. Angishvonagul o‘simliklarining bargi asosan bir-biridan barg plastinkasining shakli, ser yoki kam tukliligi, tomirlarining taraqqiy qilishi hamda plastinkasining qirrasi bilan farq qiladi.
Qizil angishvonagul o‘simligining barglari cho‘ziq tuxumsimon, o‘tkir uchli, to‘mtoq tishsimon qirrali, uzunligi 12–35 sm bo‘ladi. Barg plastinkasining yuqori tomoni burishgan, to‘q yashil, pastki tomoni sertuk, kulrang, tomirlari yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, aniq bilinib turadigan mayda to‘r hosil bo‘ladi.
Yirik gulli angishvonagul o‘simligining barglari lansetsimon yoki cho‘ziq lansetsimon, o‘tkir uchli, o‘tkir arrasimon qirrali bo‘ladi. Barg plastinkasining har ikkala tomoni yashil rangli, tuklar pastki tomonda tomirlar bo‘ylab joylashgan bo‘lib, barg uzunligi 7–25 sm, eni 2–6,5 sm.
Mahsulot hidsiz va yoqimsiz achchiq mazasi bor.
XI DF ga ko‘ra qizil angishvonagul o‘simligida mahsulot namligi 13 %, umumiy kuli 18%, qoraygan va sarg‘aygan barglar 1 %, poya, meva va boshqa qismlar 1 %, teshigining diametri 2 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan mayda qismi 2 %, organik aralashmalar 0,5% va mineral aralashmalar 0,5% dan oshmasligi lozim. Qirqilgan mahsulot uchun: bo‘lakchalari 7 mm dan yirik bo‘lganlar 5 %, teshigining diametri 0,5 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan mayda qismi 10 % dan oshmasligi kerak.
Yirik gulli angishvonagulda mahsulot namligi 12 %, umumiy kuli 7 %, poya qoldiqlari 2 %, teshigining diametri 2 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan mayda qismi 2 %, organik aralashmalar 1 % va mineral aralashmalar 1% dan oshmasligi lozim.
Kimyoviy tarkibi. Angishvonagul o‘simligining hamma qismi tarkibida yurak glikozidlari bo‘ladi. Qizil angishvonagul o‘simligining bargida purpureaglikozid A, purpureaglikozid V, 0,25–0,3% digitoksin, gitoksin, 0,11% gitaloksin, glyukogitaloksin, gitorin va boshqa yurak glikozidlari bor.
O‘simlik urug‘i tarkibida digitalinum verum (0,3%), glyukoverodoksin, gitoksin, digitoksin va boshqa yurak glikozidlari bo‘ladi.
Barg va urug‘i tarkibida yurak glikozidlaridan tashqari, steroid saponinlar (urug‘ida 5,88% digitonin, gitonin, tigonin va ularning aglikonlari, sarsasapogenin), flavonoidlar (apigenin, gispidulin, xrizoeriol va nepetin) hamda kofe va boshqa organik kislotalar bor.
Ishlatilishi. Angishvonagul o‘simliklarining preparatlari yurak porogi hamda yurak kompensatsiyasi buzilishi natijasida qon aylanishining II va III darajali buzilishini, gipertoniya va yurakning tebranuvchi aritmiyasini davolashda ishlatiladi. Ular strixnin, kofein va kamfora bilan birgalikda og‘ir yuqumli kasalliklardan keyingi yurak va qon tomirlarining zararlanishidan kelib chiqqan yurak faoliyati susayishini davolashda ham qo‘llaniladi.
Angishvonagul o‘simligining bargi, glikozidlari, shuningdek, bargdan tayyorlangan preparatlar kumulyasiya ta’siriga, ya’ni organizmda to‘planib qolib, so‘ngra ta’sir qilish xususiyatiga ega. Ular ko‘p iste’mol qilinsa, kishi zaharlanishi mumkin. SHuning uchun angishvonagul o‘simliklari preparatlari yurakka ta’sir etuvchi boshqa preparatlar bilan birga navbatma-navbat ishlatilishi lozim.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling