1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 261.85 Kb.
bet111/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Kimyoviy tarkibi. O‘simlikning er ustki qismi tarkibida yurak glikozidlari va flavonoidlar bo‘ladi. Mahsulotdan strofantidindigitalozid, dezglyukoxeyrotoksin va boshqa yurak glikozidlari hamda adonivernit va orientinksilopiranozid flavon glikozidlari ajratib olingan.
Ishlatilishi. Adonis o‘simligining preparatlari yurak kasallik-larini davolashda ishlatiladi. Adonis preparatlari kumulyativ xossaga ega bo‘lmagani sababli surunkali yurak porogini davolashda doim ishlatish mumkin (angishvonagul o‘simligidan farqi).
Dorivor preparatlari. YAngi galen preparati – adonizid (15 ml dan shisha idishda chiqariladi), quruq adonizid (tabletka holida chiqariladi), quruq ekstrakt, damlama. Adonisning quruq ekstrakti Bekterev tabletkasi (draje) hamda adonis-brom tabletkasi (draje) va yurak kasalligida ishlatiladigan boshqa kompleks preparatlar tarkibiga kiradi.
Adonis o‘simligining turlari juda ko‘p bo‘lib, ular etarli o‘rganilgan emas.
Adonis turlariinng hammasi biologik faol (yurakka kuchli) ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Biologik ta’siri o‘rganilgan va tibbiyotda ishlatishga ruxsat etilgan adonis turlari quyidagilardir:
Turkiston adonisi (gulizardak, sariqgul) – Adonis turkestanica Adolf. O‘rta Osiyo respublikalarining tog‘li tumanlarida tog‘larning yumshoq tuprog‘li qiyalarida, ba’zan archazorlarda o‘sadi.
Turkiston adonisi ko‘p yillik, bo‘yi 30–80 sm gacha etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi bir nechta, shoxlanmagan yoki kam shoxli bo‘ladi. Bargi lansetsimon, o‘tkir uchli, 1–2 bo‘lakchaga ikki marta patsimon ajralgan bo‘lib, poyada bandsiz ketma-ket joylashgan. Gullari sariq rangli, yakka-yakka holda, poya uchiga o‘rnashgan. Mevasi – ko‘p yong‘oqchali to‘p meva.
O‘simlikning hamma qismi zaharli.
Mahsulot bahorgi adonisga o‘xshash tayyorlanadi.
O‘simlikning er ustki qismi tarkibida yurak glikozidlari (simarin, K-strofantin-β, adonidin va boshqalar), flavonoidlar, saponinlar bor.
Amur adonisi – Adonis amurensis Rgl. ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, Uzoq SHarqda o‘sadi. Amur adonisining biologik faolligi ancha yuqori, undan yurak glikozidlari ajratib olingan.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling