1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


O‘simlikning hamma qismi zaharli


Download 261.85 Kb.
bet110/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

O‘simlikning hamma qismi zaharli.
Geografik tarqalishi. Bu o‘simlik asosan qora tuproqli erlarda, har xil o‘tli cho‘llarda, qayinzorlarda, butalar orasida o‘sadi. Asosan bahorgi adonis Ukraina, Belorus, Moldova, Rossiyaning Ovrupo qismining cho‘l va o‘rmon zonasida, Sibirda, SHimoliy Kavkaz, Volga bo‘yi va boshqa erlarda uchraydi. Asosiy tayyorlash tumanlari Kemerovsk, CHelyabinsk va Novosibirsk viloyatlari, Oltoy o‘lkasi, Boshqirdiston, Ukraina, SHimoliy Kavkaz hamda Volga bo‘yi.
Mahsulot tayyorlash. O‘simlik gullaganidan to urug‘i to‘kilib ketguniga qadar er ustki qismi o‘rib olinadi. Soya erda yoki quritgichlarda 50–60°S haroratda quritiladi.
Adonis o‘simligi 15–17 yoshidan boshlab gullaydi. Ko‘pincha 80–100 yoshli adonis ko‘p mahsulot beradi. Plantatsiyalarda uni deyarli o‘stirib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham bu qimmatbaho dorivor o‘simlik tayyorlanayotganda uni ildizi bilan sug‘urib yoki kavlab emas, balki faqat er ustki qismi o‘rib olinadi. Aks holda adonis tabiiy holda yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot o‘simlikning poyasi, bargi, guli va mevalarining aralashmasidan iborat. Poyaning uzunligi 10–30 sm bo‘lib, unda gullar yoki ko‘proq mevalar bo‘ladi. Bargi panjasimon 5 ga ajralgan, shundan 2 ta pastki bo‘lagi kalta, qolgan 3 ta bo‘lagi bir-biriga teng. Pastki ikkita bo‘lagi patsimon, qolganlari qo‘shaloq patsimon ajralgan. Barg bo‘lakchalari ingichka, chiziqsimon, bigizsimon o‘tkir uchli, tekis qirrali bo‘lib, uzunligi 1–2 sm, eni 0,5–1 mm. Guli yirik, quritilganda diametri 3,5 sm bo‘ladi. Kosachabargi 5–8 ta, tojbargi 10–20 ta, tilla rangda, otalik va onaliklari ko‘p sonli, birlashmagan. Mevasi ko‘p yong‘oqli (30–40 ta yong‘oqchadan iborat) bo‘lib, umumiy ko‘rinishi cho‘ziq – sharsimon, uzunligi 20 mm. YOng‘oqchasining uzunligi 4–5 mm, teskari tuxumsimon shaklga ega. YOng‘oqchaning uchida ilgakcha shaklidagi onalik ustunchasi saqlanib qolgan. Mahsulot hidsiz, mazasi achchiq.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13 %, umumiy kuli 12 %, qo‘ng‘ir rangga aylangan qismlar 3 %, teshigining diametri 0,5 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan maydalangan qismlar 2 %, to‘kilgan barg bo‘lakchalari 5 %, qo‘ng‘ir rangdagi tangacha bargli poyalar 2 %, organik aralashmalar 2 % va mineral aralashmalar 0,5 % dan oshmasligi kerak. Qirqilgan mahsulot uchun teshigining diametri 7 mm li elakdan o‘tmaydigan yirik qismlar 10 %, teshigining diametri 0,25 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismi 10 % dan oshmasligi kerak.
Mahsulotga biologik ta’siri kam va bahorgi adonis bilan birga o‘sadigan Volga adonisi – Adonis wolgensis Stev. aralashib ketmasligi kerak. Volga adonisi bahorgi adonisdan kichikligi hamda barg bo‘lakchalarining ingichka lansetsimon va tuklari bo‘lishi bilan farq qiladi.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling