1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Suvda eriydigan vitaminlar saqlovchi dorivoro‘simliklar va mahsulotlar


Download 261.85 Kb.
bet33/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Suvda eriydigan vitaminlar saqlovchi dorivoro‘simliklar va mahsulotlar
Askorbin kislota (vitamin S) ga boy dorivor o‘simliklar va mahsulotlar
Askorbin kislota (vitamin S) rangsiz, suvda yaxshi, spirtda yomonroq eriydigan kristall modda. O‘simliklarda qutblangan nur tekisligini o‘ngga va chapga buradigan stereoizomerlar holida uchraydi. O‘ngga buruvchi izomerining biologik ta’siri ancha kuchsiz. Askorbin kislota kristall holidagi turg‘un birikma bo‘lsada, nam ta’sirida tezda oksidlanib, oksidlangan formasi - degidroaskorbin kislotaga aylanadi. O‘simlik to‘qimalarida askorbin kislotaning oksidlanishi fermentlar ta’sirida (ayniqsa askorbinaza fermenti ta’sirida) juda tez boradi.
Degidroaskorbin kislota beqaror birikmadir, shu sababli u tezda parchalanib ketishi mumkin. Degidroaskorbin kislota biologik faol bo‘lib, o‘simlik to‘qimalarida askorbin kislota bilan birga uchraydi va ma’lum sharoitda fermentlar ta’sirida qaytarilib, askorbin kislotaga aylanadi. Degidro- askorbin kislotani laboratoriya sharoitida vodorod yordamida qaytarib, askorbin kislotaga o‘tkazish mumkin.
Karotinga boy dorivor o‘simliklar va mahsulotlar
Vitamin A faqat hayvonlar organizmida bo‘ladi. O‘simliklarda esa hayvonlar organizmida parchalanib, vitamin A ga aylanadigan birikmalar (provitamin A) - karotinlar saqlanadi. Karotinlar turi ko‘p bo‘lib, ular o‘zaro yaqin kimyoviy tuzilishga ega va karotinoidlar nomi bilan ataladi. Ko‘pincha o‘simliklarda fiziologik jihatdan o‘ta faol bo‘lgan - karotin uchraydi.
1881 yilda Vakenroder karotinni birinchi marta sabzidan ajratib olgan, 1906 yili Vilshtetter -karotinning kimyoviy tuzilishini aniqladi. Lekin hayvonlar organizmida vitamin A karotindan hosil bo‘lishi ancha keyin ma’lum bo‘ldi.
Sanoatda ko‘p miqdorda karotin qizil sabzidan (tarkibida 20 mg % gacha karotin bor) va qovoqning yangi to‘q sariq rangli navlaridan (etining tarkibida 16 mg % karotin bor) olinadi.


Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling