1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja
Download 261.85 Kb.
|
Dorivor o’simlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘qon na’matagi .
- Mahsulot tayyorlash. O‘
- Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Burushgan na’matak.SHoxlari sertikan bo‘lib gorizontal joylashgan.Murakkab barg bo‘lakchalari - bargchalari qalin, burishgan, pastki tomoni tukli. Gullari qizil yoki to‘q qizil rangli bo‘lib, yakka-yakka holda yoki 3-4 tadan poya va shoxlar uchiga joylashgan. Mevasi yirik, sharsimon, yaltiroq qizil rangli, yuqori qismida yuqoriga qarab yo‘nalgan kosacha barglari bo‘ladi. Uzoq SHarq, Kamchatka va Saxalinda dengizning qumloq erli qirg‘oqlarida o‘sadi. Sobiq Ittifoqning Ovro‘po qismida bog‘lar va parklarda ko‘plab ekiladi.
Qo‘qon na’matagi.Qari shoxlari gunafsha-qo‘ng‘ir,yoshlari-qiziljigarrang po‘stloq bilan qoplangan. Sertikan, tikonlari qattiq, tor uchburchaksimon, asos qismi kengaygan, biroz egilgan. Gullari 1-2 tadan joylashgan, sariq rangli. Kosacha barglarining uchi biroz patsimon qirqilgan, tukli, ustki qismi bezli, pishgan mevada yuqoriga qarab yo‘nalgan. Mevasi sharsimon, diametri 1,5 santimetrgacha, qo‘ng‘ir jigarrang yoki qariyb qora rangli. O‘rta Osiyoning tog‘li hududlari (Farbiy Tyan-SHan, Pomir-Oloy tog‘lari) ning o‘rta qismigacha bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi. O‘zbekistonning Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi tog‘li erlarda tarqalgan. Mahsulot tayyorlash. O‘simlikning mevasi avgust oyi oxiridan boshlab(qizil rangga kirgan vaqtda), kech kuzgacha yig‘iladi. Bu vaqtda meva tarkibida vitamin S ko‘p bo‘ladi. Sovuq tushganda mevada vitamin S kamayib ketadi. Mevani yig‘ayotgan vaqtda qo‘lga tikan kirmasin uchun brezent qo‘lqop kiyib olinadi. Meva quyoshda yoki pechlarda 80-900 haroratda quritiladi. Quritilgan mevalarni ishqalab, kosachabarg qoldiqlari tushirib yuboriladi. Na’matak mevasi qisman dorivor preparatlar tayyorlash uchun ho‘lligicha tezda (uch kundan oshiq saqlamasdan) zavodlarga yuboriladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot har xil shakldagi(sharsimon, tuxumsimon yoki cho‘ziq - tuxumsimon) va katta-kichiklikdagi (uzunligi 0,7-3 sm, diametri 0,6-1, 7 sm), to‘q sarg‘ish-qizil yoki to‘q qizil rangli soxta mevadan iborat. Soxta mevaning uch tomonida teshikchalari bor (gulkosachasidan tozalangandan so‘ng hosil bo‘ladi). Mahsulotning ustki tomoniyaltiroq, burishgan, ichki tomoni esa xira. YOng‘oqchalari (haqiqiy mevasi) kattiq, sariq rangli, burchakli bo‘lib, oq tuklar bilan qoplangan. Mahsulot hidsiz, ustki devori nordon-shirin, biroz burishtiruvchi mazaga ega. XI DFga ko‘ra butun mahsulot uchun: namligi 15 %, umumiy kuli 3 %, na’matak boshqa qismlarining aralashmalari (poya, barg, kosachabarg va meva bandlari) 2 %, qoraygan, kuygan, hasharotlar bilan zararlangan mevalar aralashmasi 1 %, teshigining diametri 3 mm li elakdan o‘tadigan maydalangan mevalar, shu jumladan, ayrim yong‘oqchalar 3 %, organik aralashmalar 0,5 % va mineral aralashmalar 0,5% dan oshmasligi lozim. Qirqilgan mahsulot uchun: namligi 15 %, umumiy kuli 3 %, tuklardan va yong‘oqchalardan tozalanmagan meva qismi 5 %, yong‘oqchalar, tuklar, gul bandi va butun mevalar aralashmasi 0,5 %, qoraygan, kuygan va hasharotlar bilan zararlangan qismlari 1 %, organik aralashmalar 0,5 % va mineral aralashmalar 0,5 % dan oshiq bo‘lmasligi kerak. XI DF ga ko‘ra xolosas, karotolin va sharbat tayyorlanadigan mahsulot tarkibida organik kislotalar miqdori 2,6 % dan kam bo‘lmasligi, namligi 15% dan, umumiy kuli 4 % dan, na’matakning boshqa qismlari (shoxchalar bo‘lakchalari, gul kosachasi va meva bandi) 2 % dan, qoraygan, kuygan, hasharotlar bilan zararlangan va kasallangan mevalar 3 % dan, teshigining diametri 3 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan meva bo‘lakchalari, jumladan, yong‘oqchalar 3 % dan, pishmagan (yashil rangdan sariq ranggacha bo‘lgan) mevalar 5dan, organik aralashmalar 0,5 % dan va mineral aralashmalar 0,5 % dan oshmasligi kerak. Xolosas preparati asosan itburun na’matak mevasidan,karotolin preparati va sharbat na’matakning hamma turlari mevasidan tayyorlanadi. Download 261.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling