1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja
Download 261.85 Kb.
|
Dorivor o’simlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Roaseae (Gramineae)
- Geografiktarqalishi.
- Kimyoviy tarkibi.
- Ishlatilishi.
Dorivor preparatlari. Damlama,suyuq va quyuq ekstraktlar,bargbriketi, urtifillin preparati (4 % li surtma emulsiya holida). Mahsulot me’da-ichak kasalliklarida hamda qon to‘xtatish uchun ishlatiladigan choy-yig‘malar tarkibiga kiradi.
Makkajo‘xori onalik gulining ustunchasi bilan og‘izchasi - Stylietstigmatazeaemaydis - kukuruznыe rыlsa. O‘simlikning nomi. Makkajo‘xori- Zea mays L.;boshoqdoshlar– Roaseae (Gramineae) oilasiga kiradi. Bir yillik, bo‘yi 1-3 m (ba’zan 5 m) ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, silindrsimon, bo‘g‘inli, ichi g‘ovak. Bargi oddiy, keng lansetsimon- chiziqsimon yoki lansetsimon bo‘lib, poyada qini bilan ketma-ket o‘rnashgan. O‘simlik bir uyli, gullari bir jinsli. CHangchi (otalik) gullari poyaningyuqori qismida ro‘vakka, urug‘chi (onalik) gullari esa poya qo‘ltig‘ida so‘tagato‘plangan. Mevasi - donacha. Avgust - sentyabrda gullaydi, mevasi sentyabr - oktyabrda etiladi. Geografiktarqalishi.Vatani – JanubiyMeksikavaGvatemala. Makkajo‘xori ko‘p o‘stiriladi. Mahsulot tayyorlash. O‘simlik mevasi pishib etilmasdan onalik guliningustunchasi yig‘ib olinadi va soya erda quritiladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot uzun,ipsimon,sariq--qo‘ng‘ir yoki tilla rang sariq-qo‘ng‘ir tusli onalik gulining ustunchasidan iborat. Ustuncha uzunligi 20 sm, yo‘g‘onligi 1 mm bo‘lib, uchida onalik og‘izchasi bo‘ladi. Mahsulot o‘ziga xos kuchsiz hidga ega. XI DFga ko‘ra mahsulot namligi 13 %, umumiy kuli 7 %, 10 % li xlorid kislotada erimaydigan kuli 2,5 % dan, qoraygan ustunchalar 3 %, maydalangan mahsulot uchun teshigining diametri 7 mm li elakdan o‘tmaydigan qismi 5 % dan, teshigining diametri 0,2 mm li elakdan o‘tadigan maydalangan qismi 1 %, organik aralashmalar 0,5 % dan oshiq bo‘lmasligi hamda ekstrakt moddalari 15 dan kam bo‘lmasligi lozim. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida vitaminK1(1g mahsulotda1600biologik miqdorida), askorbin va pantaten kislotalar, 2,5 % yog‘, 0,12 % efir moyi, 2,7 % smolasimon va 2,15 % gacha achchiq moddalar, 3,18 % saponinlar, inozit, 0,05 % alkaloidlar hamda boshqa birikmalar bo‘ladi. Ishlatilishi. Makkajo‘xori o‘simligining preparatlari o‘t haydovchi(xoletsistit, xolongit va gepatit kasalliklarida, o‘t ajralishi to‘xtab qolgan hollarda), siydik haydovchi (buyrak-tosh kasalligida, qovuqda tosh bo‘lganda va istisqo kasalligida) hamda qon to‘xtatuvchi dori sifatida qo‘llaniladi. Download 261.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling