1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Tarkibida atsiklik (ochiq zanjirli) monoterpenlar bo‘lgan efir moylari va dorivor o‘simliklar


Download 261.85 Kb.
bet53/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Tarkibida atsiklik (ochiq zanjirli) monoterpenlar bo‘lgan efir moylari va dorivor o‘simliklar Bu guruhga kiradigan mahsulotlar (atirgul, limon moylari hamda kashnichning efir moyi va mevasi) tibbiyotda uncha ahamiyatga ega emas. Lekin hushbo‘y bo‘lganidan parfyumeriyada ko‘p ishlatiladi. Bu moylarda birlamchi spirtlardan geraniol va sitronellol (atirgul hidini beradi), geraniolning izomeri linalool spirti (marvaridgul va lavanda hidini beradi) hamda limon hidini beradigan sitral aldegid (geraniol aldegidi) va boshqa birikmalar yoqimli hid beruvchi asosiy qismlar hisoblanadi.


KASHNICH MEVASI VA MOYI - FRUCTUS ET OLEUM CORIANDRI
O‘simlikning nomi. Ekma kashnich- Soriandrum sativum L.;selderdoshlar- -Ariaceae (soyabonguldoshlar - Umbelliferae) oilasiga kiradi.
Bir yillik, bo‘yi 30-70 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi silindrsimon, mayda qirrali, tuksiz, ichi kovak, yuqori qismi shoxlangan. Bargi oddiy, qinli, tuksiz, ildiz oldi barglari uzun bandli, uch bo‘lakka qirqilgan, qirrasi tishsimon kesilgan, poyasining pastki qismidagi barglari qisqa bandli, ikki bo‘lakka qirqilgan, o‘rta va yuqori qismdagilari esa bandsiz bo‘lib, ipsimon ikki-uch bo‘lakka ajralgan. Barglari poyada ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, umumiy o‘ramasiz murakkab soyabonga to‘plangan; gulkosachasi besh tishli, meva bilan birga saqlanib qoladi. Tojbargi beshta, pushti rangda, otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, pastga joylashgan. Mevasi – yumaloq, qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish-kulrang, qo‘shaloq doncha.
Iyun oyidan boshlab, avgustgacha gullaydi, mevasi avgust-eentyabrda pishadi.
Geografik tarqalishi. Vatani Ovro‘po janubidagi davlatlar hamdaTurkiya. Ukrainada, Kavkazda, Kuybishev va Voronej viloyatlarida hamda O‘rta Osiyo respublikalarida o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. Mahsulot yozning ikkinchi yarmida birinchisoyabonlardagi mevalar qo‘ng‘ir rangga kira boshlagan paytda (50-60 % mevalar pishgandan so‘ng) yig‘ila boshlanadi. O‘simlik mashinada o‘riladi, soyabonlar bir tomonga qaratib bog‘lanadi so‘ngra etilmagan mevalar pishishini tezlashtirish uchun bog‘lamlarning soyabonlarini yuqoriga qaratib, bir-biriga suyab, g‘aramlab qo‘yiladi. Kashnich ertalab o‘rib tuplanadi va bog‘-bog‘ qilib bog‘lanadi, kun isiganda o‘rilsa, qurigan mevalar to‘kilib ketadi. Havo ochiq bo‘lsa-dalada, yog‘ingarchilik paytida esa-usti berk joylarda quritiladi. Mevalarning hammasi pishganida va quriganidan keyin o‘simlik mashinada yanchiladi, shamol mashinada mevalari ajratib olinadi.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling