1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 261.85 Kb.
bet61/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Dorivor preparatlari. Efir moyi,evkaliptol,bargidan damlama,qaynatma va nastoyka tayyorlanadi.
Evkalipt barglaridan bakteriyalarga qarshi ta’sir qiluvchi, xlorofilipt nomli dorivor preparat (barg xlorofillarining aralashmasidan tashkil topgan) olingan. Uning 1 % li spirtdagi, 2 % li moydagi va 0,25% li ampuladagi eritmalari kuygan joylarni, trofik yaralarni, bachadon qini shilliq pardasining jarohatlanishi va boshqa stafilokokk kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.


QORAZIRA MEVASI VA MOYI - FRUCTUS ET OLEUM CARVI O‘simlikning nomi. Oddiy qorazira- Sarum carvi L., selderdoshlar–Apiaceae (soyabonguldoshlar- Umbelliferae) oilasiga kiradi. Ikki yillik, bo‘yi 30-80 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Birinchi yili ildizidan ildizoldi barglar, ikkinchi yili esa ildizoldi barglar hamda poya o‘sib chiqadi. Poyasi tik o‘suvchi, silindrsimon, ko‘p qirrali, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi bargi uzun bandli, poyadagilari esa qisqa bandi bilan ketma-ket joylashgan. Bargi 2 va 3 marta chiziqsimon barg bo‘laklariga ajralgan. Gullari mayda bo‘lib, murakkab soyabonga, to‘plangan. Kosachabarglari aniq bilinmaydigan, tojbargi oq yoki pushti rangda, otaligi 5 ta, onalik tuguni 2 xonali, pastga joylashgan. Mevasi - cho‘ziq qo‘shaloq pista.
Iyun - iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul – avgustda pishadi. Geografik tarqalishi. O‘rmonlarda,o‘rmon chetlarida va o‘tloq erlarda yovvoyi holda o‘sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Rossiyaning Ovro‘po qismining o‘rmon va o‘rmon cho‘l zonalarida, Sibirning janubida, Kavkaz va O‘rta Osiyoning tog‘li tumanlarida uchraydi. Rossiya, Ukraina, Belorus respublikalarida o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. Kashnich tayyorlashga o‘xshash. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot yon tomonlari o‘roqqao‘xshab biroz egilgan, cho‘zinchoq, qo‘shaloq pistadan iborat. Meva to‘q qo‘ng‘ir rangli, ikki bo‘lakli bo‘lib, uzunligi 3-7 mm, eni 1,5 mm. Har qaysi yarimta mevaning tashqi tomoni do‘ng, ichki tomoni esa tekis. Uzunasiga turtib chiqqan 5 ta qovurg‘asi bo‘lib ularning 3 tasi do‘ng tomonga, ikkitasi esa yon tomonga o‘rganshgan. Mevasi nihoyatda xushbo‘y va achchiq. XI DFga ko‘ra meva namligi 12%, umumiy kuli 8%, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 1,5%, pishmagan, singan mevalar hamda poya va barg aralashmasi 2%, efir moyi bor boshqa o‘simliklarning urug‘ va mevalari aralashmasi 1%, organik aralashmalar va efir moyi saqlamaydigan boshqa o‘simliklarning urug‘ va mevalar aralashmasi 1%, mineral aralashmalar 1% dan oshmasligi kerak.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling