1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 261.85 Kb.
bet63/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Mahsulot tayyorlash. Qubbalar kuzda yig‘iladi.Archa tagiga chodir yozib,mahsulot daraxtni silkitib (yog‘och bilan urilmaydi) qoqib olinadi. Daraxt silkitilganda pishgan mevalar osonlik bilan to‘kilib tushadi, xomlari esa daraxtda qoladi. So‘ngra pishgan mevalar qisman to‘kilgan xom mevalardan ajratiladi hamda shox va barglardan tozalanib,havo kirib turadigan xonalarda yoki cherdaklarda quritiladi. Mahsulot buzilmasligi uchun quritilayotganda aralashtirib turiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot quritilgan yumaloq(ko‘ndalangiga 6-9 mm) qubbalardan iborat. Qubba ichi g‘ovak bo‘lib yashil-qo‘ng‘ir rangli. tashqi tomoni silliq, yaltiroq, qo‘ng‘ir yoki qora binafsha rangli, yuqori qismida uch nurli juyagi (uchta meva bargchasi birlashib qubba hosil qilgan joyi), pastki qismida esa bandi bo‘ladi. Qubba ichida (yumshoq qismida) qattiq po‘stli uchta urug‘ joylashgan. Mahsulotning mazasi yoqimli, shirin va o‘ziga xos xushbo‘y hidi bor.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 20% (bundan oshib ketsa, sifati buziladi), umumiy kuli 5%, 10% xlorid kislotada erimaydigan kuli 0,5 %, pishib etilmagan va quritish vaqtida ranggi o‘zgarib qolgan qubbalar 10 % (shu jumladan, yashil rangli mevalar 0,5 %), archa bargi va boshqa o‘simliklar mevasi aralashmasi 0,5 %, organik aralashmalar 0,5 % va mineral aralashmalar 0,5 % dan oshmasligi kerak. Kukun (poroshok) holidagi mahsulot namligi 12%, teshigining diametri 1 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismlar 5% dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Qubbalarda bo‘ladigan badbo‘y qandala mahsulot sifatini buzadi, mahsulot yaxshi quritilsa, qandalalar o‘ladi.
Ba’zan boshqa turdagi archalarnnng qubbalari mahsulotga aralashib qolishi mumkin. Ayniqsa, Juniperus sabina L. zaharli qubbasining aralashmasi juda xavfli. U oddiy archa qubbasiga o‘xshamaydi, qubbaning yuqori qismida uch nurli jo‘yak bo‘lmaydi, ichida ikkita urug‘i bo‘ladi, usti xira.
Kimyoviy tarkibi. Qubba tarkibida0,5-2 %efir moyi, 40%qand, 9,5 %gacha smola, bo‘yoq va pektin moddalar, yog‘ hamda olma chumoli va sirka kislotalari bo‘ladi. XI DF ga ko‘ra qubba tarkibida 0,5 % efir moyi bo‘lishi kerak. Bu moy tez uchuvchan, tiniq, rangsiz yoki och sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos hidi bor.
Efir moyi tarkibida pinen, kamfen, sabinen, terpinen, fellandren, terpinolen, borneol, kadinen, yuniper kamfora va boshqa terpenlar uchraydi.
Archa bargi tarkibida 0,18 % efir moyi va 266 mg % vitamii S, poyasi tarkibida 0,25 % efir moyi, po‘stlog‘i tarkibida esa 8 % gacha oshlovchi moddalar bo‘ladi.
Ishlatilishi. Qubba preparatlari siydik haydovchi,siydik yo‘llarinidezinfeksiya qiluvchi, balg‘am ko‘chiruvchi hamda ovqat hazm qilish jarayoniga yordam beruvchi dori sifatida ishlatiladi. Efir moyining eritmasi va surtmasi bod kasalliklarida teriga surtiladi. Bu moy bakteriotsidlik xususiyatiga ega. Archa bargidan olingan efir moyi fitonsid ta’sirga ega bo‘lganidan trixomonad kolpitda qo‘llaniladi. Qubba oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi. Dorivor preparatlari. Damlama,efir moyining spirtdagi eritmasi vasurtmasi. Qubbalar siydik haydaydigan yig‘malar – choylar tarkibiga kiradi.



Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling