QARAFAY KURTAGI – GEMMAE PINI, QARAG‘AY MOYI - OIEUM PINI SILVESTRIS VA QARAFAYDAN OLINADIGAN BOSHQA MAHSULOTLAR O‘simlikning nomi.Oddiy qarag‘ay- Rinus silvestris L.;qarag‘aydoshlar- - Pinaceae oilasiga kiradi. Qarag‘ay bo‘yi 40 m ga etadigan doim yashil ninabargli daraxt. Poyadagi shoxlari to‘p – to‘p bo‘lib joylashgan, po‘stlog‘i qizg‘ish-qo‘ng‘ir (yuqori qismida-gilari qo‘ng‘ir-sariq). Ninabarglari yarim silindrsimon, qattiq, o‘tkir uchli, ko‘k- -yashil rangda, uzunligi 5-7 sm, ichki tomoni botiq, ustki tomoni do‘ng, poyada juft-juft bo‘lib joylashgan. Qarag‘ay tanasidagi butoqlar asta-sekin quriy boradi. SHuning uchun qarag‘ay tanasining ko‘proq qismi butoqsiz bo‘ladi. Bahorda yosh novdalarda kulrang-sariq otalik qubbalari vujudga keladi. Bu qubbalarda tangachaga o‘xshash, ikkita changdonli juda ko‘p otaliklar joylashadi. Onalik qubbalari novdalarning uchki qismida (1-3 tadan) bo‘ladi. Onalik qubba spiralsimon o‘rnashgan o‘rama va urug‘ beruvchi tangachalardan tashkil topgan. Urug‘ beruvchi tangachalarning oralarida ikkitadan urug‘ kurtaklar bo‘ladi. Onalik qubbalari ikkinchi yili pishadi va yog‘ochlanib qoladi.
Geografik tarqalishi.Qarag‘ay Ukraina,Moldova,Belorus,Boltiqbo‘yi davlatlar, Rossiyaning Ovro‘po qismi, Sibir, Qozog‘istonning shimoliy qismi, Kavkaz va Uzoq SHarqdagi ninabargli o‘rmonlarning asosiy daraxtlaridan biri bo‘lib, shu o‘rmonlarning 19,5 % ini tashkil etadi.
Qarag‘ay kurtagini tayyorlash. Qo‘shaloq kurtaklar erta bahorda,shishgan vaqtida o‘sib chiqqan joyi bilan (uzunligi 3 mm ga etadigan poya qoldig‘i bo‘lishi mumkin) birga qirqib olinadi (yakka holdagi kurtaklar 25 % ga qadar bo‘lishi mumkin). Kurtaklar asosan yosh qarag‘aylardan tayyorlanadi. Yig‘ilgan kurtaklar salqin joyda uzoq vaqt quritiladi.
Qarag‘ay kurtagining tashqi ko‘rinishi. Kurtaklar tashqi tomondanquruq, spiralsimon zich joylashgan, o‘zidan chiqqan smola tufayli bir-biriga yopishgan, lansetsimon, o‘tkir uchli va popukli tangachalar bilan qoplangan. Tangachalar tagida yaxshi rivojlanmagan, juft-juft bo‘lib joylashgan yashil ninachalar bo‘ladi. Kurtakning tashqi tomoni pushti-qo‘ng‘ir yoki qo‘ng‘ir rangli bo‘ladi. Qarag‘ay kurtagi xushbo‘y smola hidiga va achchiqroq smola mazasiga ega.
XI DFga ko‘ra mahsulot namligi 13 %, umumiy kuli 2 %, ichi qoraygan kurtaklar 10%, 3 mm dan uzunroq poya qoldiqli va o‘sa boshlagan kurtaklar 10 %, ninabarglar aralashmasi 0,5 %, teshigining diametri 3 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismi 5 %, organik aralashmalar 0,5% va mineral aralashmalar 0,5 % dan oshiq, mahsulot tarkibidagi efir moyining miqdori 0,3 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |