1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 261.85 Kb.
bet56/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Mahsulot tayyorlash. Qalampir yalpiz g‘unchalash davrida yoki yarim guliochilganidan so‘ng pichan o‘radigan mashinada o‘rib olinadi (chunki bu vaqtda qalampir yalpiz tarkibida efir moyi ko‘p bo‘ladi). Birinchi o‘rimdan so‘ng qaytadan ko‘karib chiqqanini kuzda o‘simlikning tagidan yana bir marta o‘rib olinadi. Yig‘ilgan mahsulot xirmonda so‘litilib, so‘ngra so‘ri ustida yoki havo quritgichida quritiladi. Bunda poyadagi barglar to‘kila boshlaydi. Panshaha bilan poyani silkitib, to‘kilgan barglar yig‘ib olinadi va quyoshda oxirgi marta quritiladi. Uni poya qoldiqlaridan, qum, kesak va boshqa aralashmalardan tozalanib, yashiklarga joylanadi. Mahsulot dorixonalarga va Galen preparatlari olish uchun zavodlarga yuboriladi. Efir mayi olinadigan mahsulot qalampir yalpiz qiyg‘os gullaganda yig‘iladi. Bu davrda garchi efir mayi kam bo‘lsa-da, tarkibida mentol miqdori ko‘p bo‘ladi. Yig‘ilgan o‘simlik quritilgandan so‘ng, tozalanadi va efir moyi olish uchun zavodlarga yuboriladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot cho‘ziq tuxumsimon yokilansetsimon, qisqa bandli, o‘tkir uchli, arrasimon notekis qirrali bargdan iborat. Bargning uzunligi 8 sm gacha, eni 3 sm gacha bo‘lib, ustki tomoni to‘q yashil, pastki tomoni esa och yashil rangda. Ikkinchi tartibdagi tomirlar yo‘g‘on tomirdan burchak hosil qilib chiqadi va uchlari bilan birlashib, barg chetida parallel chiziq hosil qiladi. Mahsulotning o‘tkir yoqimli hidi bor, mazasi tilni achitib, uzoq vaqtgacha muzdek qilib turadi.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 14 %, umumiy kuli 14 %, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 6 %, qoraygan barglar 5 %, poya va gul aralashmalari 10 %, teshigining diametri 3 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismi 5 % (butun dorivor mahsulotlar uchun), organik aralashmalar 3 % va mineral aralashmalar 1% gacha bo‘lishi kerak. Qirqilgan mahsulot uchun 10 mm dan yirik bo‘lakchalar 10% dan, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismi 8 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
XI DF ga ko‘ra barg tarkibida (bargni saqlash davrida efir moyining uchib ketishini nazarda tutgan holda) 1 % dan kam efir moyi bo‘lmasligi kerak.
Efir moyi o‘simlikning er ustki qismidan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Moy tiniq rangsiz yoki och sariq suyuqlik bo‘lib, hushbo‘y hidga va og‘izni uzoq muddatgacha sovitadigan o‘tkir mazaga ega.
XI DF ga ko‘ra qalampir yalpizdan olinadigan efir moyiniig zichligi 0,900-0,910, refraksiya soni 1,459-1,470, qutblangan nur tekisligini og‘dirish burchagi -180 (-200 - 320), kislota soni 1,30 gacha va efir soni 11,5 dan yuqori (4% dan kam bo‘lmagan mentol atsetat murakkab efiriga to‘g‘ri keladi) bo‘lishi lozim.
Efir moyi sovitilsa, uning stearoptini - mentol kristall holida ajraladi. Moy tarkibida 41-70 % mentol, 6-25 % menton, pinen, limonen, dipenten, fellandren, sineol, pulegon, yasmin hamda 4-9 % mentolning sirka, valeriana va boshqa kislotalar bilan hosil qilgan efirlari bo‘ladi.
XI DFga ko‘ra efir moyi tarkibida erkin va murakkab efir holidagi mentolning umumiy miqdori 50 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
Qalampir yalpiz tarkibida efir moyidan tashqari, 40 mg % karotin, gesperidin, evpatorin va boshqa flavonoidlar, betain, 0,3 % ursol va 0,12 % oleanol kislotalar bor.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling