1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Mahsulotning tashqi ko‘rinishi


Download 261.85 Kb.
bet54/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot yumaloq shakllipishganda bo‘linmaydigan ikki bo‘lakli, qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish kulrang, diametri 4 mm bo‘lgan qo‘shaloq donachadan iborat.
Har yarimta mevaning qabariq tomonida sal do‘ppaygan 5 ta asosiy qovurg‘alari va yaxshi sezilmaydigan 6 ta to‘g‘ri, qo‘shimcha qovurg‘alari bo‘ladi.
Pishib etilgan meva hushbo‘y hidga va yoqimli mazaga ega.
Meva namligi 13 %, umumiy kuli 7 %, 10 % li xlorid kislotada erimaydigan kuli 1,5 %, ezilgan, pishmagan va buzilgan kashnich mevalari 3 %, efir moyli boshqa o‘simliklar mevasining aralashmasi 1 %, organik aralashmalar 1 % va mineral aralashmalar 1 % dan ortiq hamda meva tarkibidagi efir moyi 0,5 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi. Kashnich mevasi tarkibida 0,7-1,5 % efir moyi, 10-20yog‘, 11-17% oqsil va boshqa moddalar bo‘ladi. Kashnichning efir moyi rangsiz yoki och sarg‘ish, tiniq suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos hushbo‘y va yoqimli mazasi bor. Zichligi 0,845-0,862, refraksiya soni 1,471-1,478, qutblangan nur tekisligini og‘dirish burchagi +560 - +680.
Moy tarkibida 60-80 % linalool, 5 % geraniol va oz miqdorda borneol, turli aldegidlar hamda terpenlarning aralashmalari bo‘ladi. Standart talabiga ko‘ra efir moyi tarkibidagi linalool miqdori 65% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ishlatilishi. Kashnich mevasi ishtaha ochadigan,ovqat hazm qilishniyaxshilaydigan, o‘t haydaydigan vosita sifatida va bavosil kasalligida hamda yaralarni davolashda ishlatiladi. Kashnich mevasining efir moyi antiseptik, og‘riq qoldiruvchi, o‘t haydovchi hamda bavosilga qarshi dori sifatida qo‘llaniladi, shuningdek, farmatsevtikada ichiladigan dorilar ta’mini yaxshilashda ishlatiladi. Kashnich mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida hamda parfyumeriyada qo‘llaniladi.
Dorivor preparatlari. Damlama,kukun(poroshok)va spirtli suvi.Mevasi me’da va bavosil kasalliklarida ishlatiladigan hamda o‘t haydovchi yig‘malar - -choylar tarkibiga kiradi

ATIRGUL—ROSADAMASCENEMILL.Atirgulning turlari:RosadamasceneMill., RosacentifoliaL., RosagallicaL., atirgullilar Rosaceaeoilasiga kiradi. Atirgul bo‘yi 1,5—2 m ga etadigan buta. Poyasi sershoxli bo‘lib, tikanlar bilan qoplangan. Bargi toq patli murakkab, 3—5, ba’zan 7 ta bargchadan tashkil topadi. Bargida qo‘shimcha bargchalar ham bo‘ladi. Gullari yirik, xushbo‘y bo‘lib, qalqonsimon to‘pgulga yoki qalqonsimon ro‘vakka to‘plangan. Kosachabargi 5 ta, tojbargi 25—30 tacha qizil, pushti, ba’zan oq rangga bo‘yalgan. Otalik va onaliklari ko‘p sonli. Mevalari yong‘oqsimon, bir urug‘li, gul o‘rni bilan birlashib, qizil rangli, cho‘zinchoq, soxta meva hosil qiladi. Iyun oyida gullaydi. Geografik tarqalishi.Atirgullar , yovvoyi holda uchramaydi. Atirgul Rossiyada, asosan Gruziya, Moldaviya, Tojikiston, Qirg‘iziston respublikalarida hamda Qrimda, Zakavkazeda va Krasnodar o‘lkasida o‘stiriladi. Kimyoviy tarkibi. Gultojbargi tarkibida 0,05—0,075% efir moyi va kratanoidlardan rubiksantin bo‘ladi. Efir moyi ertalab yig‘ilgan gultojbarglardan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Efir moyi sarg‘ish, xushbo‘y bo‘lib, +15°C temperaturada stearopteni (hidsiz, keraksiz qismi) kristall holida ajraladi. Efir moyining solishtirma og‘irligi 0,8368—0,8776, refraksiya soni 1,5571, qutblangan nur tekisligini og‘dirish burchagi — 2,50° —4,25°. Efir moyi tarkibida 50—60% geraniol, 22,6% sitronellol, 10% nerol, 2% gacha feniletil spirti, evgenol hamda sitral, ionil va boshqa aldegidlar bo‘ladi. Ishlatilishi. Atirgul moyi preparati — Aqua Rosae farmatsevtika dorilar hidi va mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi. Atirgul moyi asosan parfyumeriyada qo‘llaniladi.



Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling