1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


MENIANTES (UCHBARG) BARGI – FOLIA MENYANTHIDIS TRIFOLIATAE(FOLIUM TRIFOLII FIBRINI)


Download 261.85 Kb.
bet96/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

MENIANTES (UCHBARG) BARGI – FOLIA MENYANTHIDIS TRIFOLIATAE(FOLIUM TRIFOLII FIBRINI)
O‘simlikning nomi. Uchbargli meniantes (uchbarg) – Menyanthes trifoliata L., meniantdoshlar – Menyanthaceae oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, yo‘g‘on, uzun, sudralib o‘suvchi, bo‘g‘imli, yuqori qismi ko‘tariluvchi ildizpoyali o‘t o‘simlik. Ildizpoyaning yuqori qismidan uzun bandli (bandi qinli), uch plastinkali ildizoldi barglar o‘sib chiqadi. Gul o‘qi tuksiz, 15–35 sm uzunlikda bo‘lib, erta bahorda taraqqiy etadi. Gullari oq yoki och pushti rangli bo‘lib, cho‘ziq shingilga to‘plangan. Gulkosachasi 5 tishli, birlashgan, meva bilan birga saqlanib qoladi. Gultojisi voronkasimon, 5 bo‘lakli, och pushti rangli, otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – sharsimon, bir xonali, o‘tkir uchli, ko‘p urug‘li, pishganda ochiladigan ko‘sak.
May-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda etiladi.
Georgafik tarqalishi. Ukraina, Belorus, Boltiq bo‘yi, Rossiyaning Ovrupo qismining hamma tumanlarida, G‘arbiy va SHarqiy Sibirda, Uzoq SHarq va Kavkazda ko‘lmak suvda, botqoqlikda, ariq, ko‘l yoqalarida, botqoqli o‘tloqlarda va o‘rmonlarda o‘sadi.
Mahsulot Ukraina, Litva, Belorus respublikalarida hamda Rossiyaning Ovro‘po qismining shimoli-g‘arbiy viloyatlarida tayyorlanadi.
Mahsulot tayyorlash. O‘simlikni gullaganida barglari kalta bandli qilib qirqib olinadi, so‘ngra yupqa qilib yoyib, havo kirib turadigan joyda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot uch plastinkali, tuksiz va uzunligi 3 sm bo‘lgan bandli bargdan iborat. Bargchalari kalta bandli, yupqa, yashil, ellipssimon yoki cho‘ziq – teskari tuxumsimon, tekis yoki bir oz notekis qirrali (qirrasida oqish yoki jigarrang g‘uddachalar – suv ustitsalar bor) bo‘lib, uzunligi 5–8 sm, eni 3–5 sm. Mahsulot hidsiz, mazasi juda achchiq.
Qirqilgan mahsulot 1–7 mm li turli shakldagi bo‘lakchalardan tashkil topgan bo‘ladi.
XI DFga ko‘ra mahsulot namligi 14 %, umumiy kuli 10 %, 10 % li xlorid kislotada erimaydigan kuli 2 %, sarg‘aygan, qo‘ng‘ir rangli va qoraygan barglar 5 %, bandi 3 sm dan uzun bo‘lgan barglar 8 %, alohida barg bandlari 3%, organik aralashmalar 1 % va mineral aralashmalar 0,5 % dan oshmasligi kerak. Qirqilgan mahsulotda 7 mm dan yirik bo‘lgan bo‘lakchalar 10 %, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismlar 5 % dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling