1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Bufadienolidlar saqlovchi dorivor o‘simliklar


Download 261.85 Kb.
bet114/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Bufadienolidlar saqlovchi dorivor o‘simliklar
Xelleborus ildizpoyasi va ildizi – Rhizomata et radices hellebori
O‘simlikning nomi. Kavkaz xelleborusi – Helleborus caucasica A. Br.; ayiqtovondoshlar – Ranunculaceae oilasiga kiradi.
Kavkaz xelleborusi ko‘p yillik, bo‘yi 25-50 sm ga etadigan doim yashil o‘t o‘simlik. Ildizpoya kalta ko‘p ildizli bo‘lib, er ostida gorizontal joylashgan. Poyasi tik o‘suvchi, kam bargli, faqat yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi barglari (2–4 ta) uzun bandli, oddiy, asos qismigacha panjasimon 5–11 bo‘lakka ajralgan, qalin, ustki tomoni to‘q yashil, pastki tomoni esa och yashil rangga bo‘yalgan. Barg bo‘lakchalari keng ellipssimon yoki keng lansetsimon, o‘tkir uchli, arrasimon qirrali bo‘ladi. Poyadagi barglari (1–2 ta) bandsiz bo‘lib, ildizoldi bargga nisbatan kichik va kamroq qirqilgan. Gullari poyaning uchki qismida yakka-yakka joylashgan (1–3 ta). Gul qo‘rg‘oni oddiy, 5 ta, keng tuxumsimon, oq-yashil, sariq-yashil, yashil-qo‘ng‘ir va boshqa rangli tojbargga aylangan kosachabarglardan tashkil topgan. Tojbargi sariq yoki sariq-yashil nektarnikka (5–12 ta) aylangan. Otaligi ko‘p sonli, onaligi 9–10 ta. Bu o‘simlikning tur-xillari ko‘p, ular bir-biridan gul qo‘rg‘onining rangi bilan farq qiladi. Mevasi–bargcha.
YAshash sharoitiga qarab dekabr oyidan boshlab to kelasi yil apreligacha gullaydi.
Geografik tarqalishi. Kavkaz xelleborusi Gruziya respublikasining va Krasnodar o‘lkasining janubi-g‘arbiy tumanlaridagi tog‘li o‘rmonlarda, ariq bo‘ylarida, tog‘ qiyalarida, o‘rmon chetlarida dengiz sathidan 1000 m balandlikda o‘sadi. Qisman SHimoliy Kavkazning sharqiy tumanlarida ham uchraydi.
Tibbiyotda kavkaz xelleborusi bilan bir qatorda qizg‘ish xelleborusi ham ishlatiladi.


Qizg‘ishxelleborus – Helleborus purpurascens W. et. K.
Bargining 5–7 bo‘lakkaajralgani (bo‘laklariesa 1–2 martaajralgan) vaguliningtashqitomonixiraroqbinafsha, ichiesabinafsha-qizilranggabo‘yalganligibilanKavkazxelleborusidanfarqqiladi. Qizg‘ishxelleborusUkrainaningZakarpateviloyatidako‘puchraydi.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling