Dorivor preparatlari. Zaytun moyi va moy emulsiyasi.
Makkajo‘xori moyi - Oleum maydis
O‘simlikning nomi. Makkajo‘xori- Zea mays L.;g‘alladoshlar– Roaseae (Gramineae) oilasiga kiradi.
Bo‘yi 1-3 (ba’zan 6) m ga etadigan bir yillik o‘t o‘simlik (131 - betga qarang). Kimyoviy tarkibi. Makkajo‘xori mevasi tarkibida61,2 %gacha kraxmal, 4,2-4,75 % moy, vitamin B1 , V2 , V6 , nikotin, pantaten kislotalar, biotin, flavonoidlar (kversetin, izokversetin va boshqalar), 7,4 % gacha pentozanlar va boshqa birikmalar uchraydi.
Moy makkajo‘xori doni (mevasi)ning embrioni (murtagi)dan sovuq presslash usuli bilan olinadi. Embrionda moyning miqdori 49-57 % ga etadi. Moydan tashqari yana 13-18 %gacha oqsil moddalar, 5,2 % gacha fitin va boshqa birikmalar bo‘ladi.
Makkajo‘xori moyi sarg‘ish rangli, o‘ziga xos hidli va mazali quyuq suyuqlik bo‘lib, yarim quruvchi moylarga kiradi. Moy tarkibida 45-48 % olein, 40 % gacha linol va 11-16 % gacha to‘yingan kislotalarning glitseridlari hamda fosfatidlar, tokoferollar, vitamin E, fitosterinlar va boshqa moddalar bor.
Ishlatilishi. Makkajo‘xori moyi ateroskleroz kasalligining oldiniolish va davolashda ishlatiladi. Bundan tashqari, qon tarkibidagi xolesterin miqdorini kamaytiradi va organizmdagi lipoidlarning almashinish jarayonini yaxshilaydi. Bu moy biologik faol moddalarga boy bo‘lib, organizmga kompleks ta’sir etadi.
Makkajo‘xori moyi oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.
Kungaboqar moyi - Oleum helianthin O‘simlikning nomi. Kungaboqar- Helianthus annuus L.;astradoshlar–- Asteraceae (murakkabguldoshlar- Compositae)oilasiga kiradi. Bo‘yi 1,2-2,5m bo‘lgan bir yillik o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, kam shoxlangan va dag‘al tuklar bilan qoplangan. Bargi oddiy, poyaning yuqori qismidagilari tuxumsimon, pastki qismidagilari esa yuraksimon bo‘lib, uzun bandi bilan poyada ketma-ket joylashgan. Barg plastinkasining cheti yirik va notekis tishsimon. Gullari poya va shoxchalar uchiga joylashgan savatchaga to‘plangan. Mevasi-turli rangdagi (oq, qora), pishganda ochilmaydigai pista.
Kungaboqar iyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi avgustdan boshlab pishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |