1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 261.85 Kb.
bet97/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida meniantin, 1 % meliantin, loganin, sverozid, foliamentin va boshqa achchiq glikozidlar, gensianin alkaloidi, flavonoidlar (rutin, giperozid), 3% gacha oshlovchi va boshqa moddalar bo‘ladi.


Ishlatilishi. Meniantes (uchbarg) o‘simligining dorivor preparatlari ishtaha ochish va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun ishlatiladi, shuningdek, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
Dorivor preparatlari. Damlama. Mahsulot achchiq nastoyka va ishtaha ochuvchi, o‘t haydovchi hamda tinchlantiruvchi choy – yig‘malar tarkibiga kiradi.


QOQI ILDIZI – RADICES TARAXACI O‘simlikning nomi. Dorivor qoqi (gulqoqi, momaqaymoq) – Taraxacum officinale Web; astradoshlar – Asteraceae (murakkabguldoshlar – Compositae) oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, sut-shirali o‘t o‘simlik. Ildizi kam shoxlangan o‘q ildiz. Bargining hammasi ildizoldi to‘pbargdan tashkil topgan. Bargi oddiy, barg plastinkasi lansetsimon, patsimon kesik bo‘lib, asos qismiga tomon torayib boradi. Barg bo‘laklarining uchi barg asosiga qarab yo‘nalgan. Gul o‘qi tuksiz, ichi kovak, silindrsimon, uzunligi 15–30 sm. Gullari savatchaga to‘plangan. Savatchaning o‘rma barglari ikki qator joylashgan, gullarining hammasi tilsimon. Gultojisi 5 tishli, tilla rangli, otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – uchmali pista.
May-iyul oylaridan tortib, to sovuq tushgunga qadar gullaydi.
Geografik tarqalishi. Arktika va cho‘l tumanlardan tashqari hamma erda uchraydi. Asosan u o‘rmon, o‘rmon-cho‘l va cho‘l hududlaridagi (cho‘lni shimoliy tumanlarda) o‘tloqlar, ko‘chalarda, hovli, bog‘, parklar, ekinzor va boshqa erlarda o‘sadi. Mahsulot Ukraina, Belorus respublikalari, Voronej, Kursk, Kuybishev viloyatlari va Boshqirdistonda tayyorlanadi.
Mahsulot tayyorlash. O‘simlik gullay boshlaganda ildizi bilan birga sug‘urib olinadi. So‘ngra bog‘lam qilib, ildizi chopib tashlanadi. Qolgan er ustki qismini soya erda 40-50oS da quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot ildizdan va alohida ildiz bilan birgalikda o‘simlikning er ustki qismidan (barg va gul aralashmalaridan) tashkil topgan. Ildizi o‘q ildiz, shoxlanmagan yoki kam shoxlangan, ildiz uzunasiga burishgan, mo‘rt, yoshlarining ustki tomoni qo‘ng‘ir, qarilariniki esa to‘q qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, uzunligi 10–15 sm, yo‘g‘onligi 0,3– 1,5 sm. Ildizi hidsiz, achchiq mazasi bor.
XI DF ga ko‘ra namligi 14 %, umumiy kuli 8 %, 10 % li xlorid kislotada erimaydigan kuli 4 %, ildiz bo‘g‘izidan tozalanmagan ildizlar 4 %, ichi po‘k (bo‘sh) ildizlar 2 %, ichi qo‘ng‘ir rangga aylangan ildizlar 10 %, uzunligi 2 sm dan qisqa bo‘lgan ildizlar 5 %, organik aralashmalar 0,5 % va mineral aralashmalar 2 % dan, qirqilgan mahsulot uchun 7 mm dan yirik bo‘lgan bo‘laklar 10 %, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismlar 10 % dan oshmasligi lozim. Suvda eriydigan ekstrakt moddalari esa 40 % dan kam bo‘lmasligi kerak.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling