Mahsulot tayyorlash. O‘simlik 2 hafta gullaydi. Gul shu davrda yig‘iladi. Gul to‘plamlari guloldi bargchalari bilan birga toqqaychi yordamida qirqib olinadi. Soya erda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot guloldi bargchali, sarg‘ish-oq rangli, yarim soyabonga to‘plangan gul to‘plamidan tashkil topgan. Gul to‘plamining asosiy o‘qi guloldi bargchasiinng o‘rta tomiri bilan tutashib ketgan bo‘ladi. Guloldi bargchasi cho‘ziq lansetsimon, to‘mtoq uchli, tekis qirrali bo‘lib, uzunligi 6 sm, eni 1,5 sm. Kosachabargi va tojbargi 5 tadan, birlashmagan, otaligi ko‘p sonli, onalik tuguni 5 xonali, yuqoriga joylashgan. Mahsulotning o‘ziga xos yoqimli kuchsiz hidi va shilimshiq-shirin, bir oz burishtiruvchi mazasi bor.
XI DF ga ko‘ra mashulot namligi 13%, jo‘ka (lipa) barglari, novdalar aralashmasi 1%, gulsiz, mevali soyabonlar 2%, zang zamburug‘i va hasharotlar bilan zararlangan guloldi bargchali gul to‘plamlari va guloldi bargchasi 2%, sarg‘aygan, qo‘ng‘ir rangli guloldi bargchali va gulli gul to‘plamlari 4%, organik aralashmalar 0,3% va mineral aralashmalar 0,1% dan oshmasligi kerak.
Butun mahsulot uchun: teshigining diametri 3 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan maydalangan qismlar 3%, guloldi bargchasiz gul to‘plamlari yoki to‘kilib ketgan ayrim gullar 15% dan, qirqilgan mahsulot uchun: 20 mm dan yirik bo‘lgan qismlar 5%, teshigining diametri 0,310 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan mayda qismlar 10% dan oshiq bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |