Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 0,05% efir moyi, 0,6–1,09% flavonoidlar (gesperidin flavon glikozidi va tiliatsin glikozidi), saponinlar, oshlovchi va shilliq moddalar, karotin hamda askorbin kislota bo‘ladi.
Efir moyi tarkibida farnezol bor.
Ishlatilishi. Mahsulot ter haydovchi dori sifatida har xil shamollash kasalliklarida ishlatiladi. SHuningdek, u bakteritsid ta’sirga ega bo‘lganligi uchun og‘iz va tamoq shamollash kasalliklarida og‘iz bo‘shlig‘ini chayishda qo‘llaniladi.
Dorivor preparati. Jo‘ka gulining damlamasi, gul briketi.
Mahsulot terlatish uchun qo‘llaniladigan choy-yig‘malar tarkibiga kiradi.
16 – MAVZU. AROMATIK BIRIKMALAR SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLAR Reja:
Aromatik birikmalar saqlovchi o‘simliklarning kimyoviy tarkibi.
Arpabodiyon
Dorixona ukropi – fenxel
Ajgon moyi
Do'stlaringiz bilan baham: |