O‘simlikning hamma qismi zaharli.
Geografik tarqalishi. YOvvoyi holda faqat Ukraina respublikasining Zakarpat va Izmail viloyatlaridagi butalar orasida, o‘tloqlarda va tepaliklarning ochiq yon bag‘irlarida o‘sadi. Sertuk angishvonagul SHimoliy Kavkazda, Ukrainada va qisman Moldovada o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. Sertuk angishvonagulning birinchi yili ildizoldi to‘pbarglari yil bo‘yi ikki marta, ikkinchi yili o‘simlik gullagunicha 2–3 marta yig‘iladi. Terilgan barglar tezlikda 50–60° S da quritkichlarda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Quritilgan barglar bir oz qalin, cho‘ziq--lansetsimon, to‘mtoq yoki o‘tkir uchli, tekis qirrali yoki bir oz to‘lqinsimon, ba’zan bir nechta mayda tishli, asosiy va 3–4 yon tomirlari aniq bilinadigan, ust tomoni tuksiz, yaltiroq, yashil rang, pastki tomoni och-yashil, tomirlari sariq- -qo‘ng‘ir, asos qismi qizg‘ish bo‘lib, uzunligi 6–12 (20) sm, eni – 1,5–3,5 sm. Mahsulot kuchsiz, o‘ziga xos hidga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |