1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 476.38 Kb.
bet198/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Kimyoviy tarkibi. Sertuk angishvonagul o‘simligining bargi tarkibida 0,5–1% gacha yurak glikozidlari bo‘ladi. Glikozidlar yig‘indisidan lanatozid A, lanatozid V, lanatozid S, lanatozid D, lanatozid E, digitalinum verum, strospezid, gitorin, odorozid N va boshqa yurak glikozidlari ajratib olingan. Sertuk angishvonagul urug‘i tarkibida ham yurak glikozidlari (digitalinum verum, digifolein va lanofolein) bor. Barg va urug‘ tarkibida yurak glikozidlaridan tashqari steroid saponinlar (urug‘ida 4,38% digitonin va tigonin), 0,1 % xolin va atsetilxolin, flavonoidlar (xrizoeriol, diosmetin, nepetin, gispidulin, lyuteolin, pektalinarigenin va boshqalar) bor.

Ishlatilishi. Sertuk angishvonagul o‘simligining dorivor preparatlari qizil va yirik gulli angishvonagul preparatlari singari yurak kasalliklarini (qon aylanishining surunkali II–III darajali etishmovchiligi, aritmiya, taxikardiya va boshqalar) davolashda qo‘llaniladi. Farqi shundaki, sertuk angishvonagul dorivor preparatlari tezroq organizmga so‘riladi, organizmda ko‘p yig‘ilib qolmaydi (kumulyasiya xossasi kamroq) va siydik haydash – diuretik ta’siri kuchliroq. Lekin bu o‘simlikni preparatlari ham boshqa angishvonagul preparatlari singari ehtiyotlik bilan va faqat shifokorlar (vrachlar) maslahatiga ko‘ra ishlatilishi zarur.

Dorivor preparatlar. Suyuq holdagi preparatlar: yangi galen preparati lantozil, selanid (digilanid S glikozidi, tabletka holida hamda 1 ml dan ampulada chiqariladi), digoksin (glikozid, tabletka holida va 0,025 % li eritmasi 2 ml dan ampulada chiqariladi) va atsetildigitoksin (glikozid, tabletka holida va 0,01 % li eritmasi 2 ml dan ampulada chiqariladi).
Malla angishvonagul bargi – Folia digitalis ferrugineae


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling