1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Ilmiy tibbiyotda qo‘llanilib kelinayotgan o‘simliklarni yanada chuqurroq o‘rganish


Download 476.38 Kb.
bet232/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Ilmiy tibbiyotda qo‘llanilib kelinayotgan o‘simliklarni yanada chuqurroq o‘rganish. Ko‘pincha hozirgi zamonaviy usullar qo‘llanilib qayta ko‘rib chiqilganda, dorivor o‘simliklarni kimyoviy tarkibi va xossalari o‘rganilganda, tibbiyotda ko‘pdan qo‘llanilib kelinayotgan dorivor o‘simliklar to‘g‘risidagi dunyo qarashlar o‘zgarib, o‘simliklarni tibbiyotda ishlatilish sohalari kengayishiga olib keladi.

  • YAngi dorivor o‘simliklarni ularni o‘zaro botanik qardoshligiga asoslangan holda qidirib topish (Filogenetik usul). Ma’lumki botanik jihatdan qardosh o‘simliklarni kimyoviy tarkibi bir xil yoki bir-biriga tarkib jihatdan yaqin, demak farmakologik ta’siri ham o‘xshash bo‘lishi mumkin. O‘simliklardagi biologik qonuniyatni bilish, dorivor o‘simliklarni izlab topishda maqsadli va samarali natija beradi.

    Quyida yovvoyi holda O‘zbekistonda o‘sadigan o‘simliklarni o‘rganish va tibbiyotga joriy etilish misollari keltirilgan: Samarqand bo‘znochi-tibbiyotda qo‘llaniladgan qumloq bo‘znochi bilan bir qatorda ishlatishga, Turkiston aroslonquyrug‘i - besh bo‘lakli arslonkuyruq va oddiy arslonquyruq bilan bir qatorda, Regel qo‘ziqulog‘i, tikonli ko‘ziquloq bilan bir qatorda, maydagul tog‘rayxon – oddiy tog‘rayhon bilan bir qatorda sariq andiz - qora andiz bilan bir qatorda, dag‘al dalachoy - teshik (oddiy) dalachoy bilan bir qatorda tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat etilgan va boshqalar. Hozirgi kunda Samarqand bo‘znochi guli, Turkiston arslon quyrug‘i o‘ti (er ustki qismi), Regel qo‘zikuloq o‘ti, maydagul tog‘rayxon o‘ti, dag‘al dalachoy o‘ti va sariq andiz ildizi O‘zbekiston davlat farmakopeyasiga kiritildi.

    1. Elak” usuli. Ushbu usulda ma’lum bir joy yoki tumandagi barcha o‘sayotgan o‘simliklarni biologik faol moddalarini fitokimyoviy tahlil qilish. Bunda tahlil qilinayotgan o‘simliklar orasidan (tahlil elagidan o‘tkazilganda), alkaloidlar, yurak glikozidlari, saponinlar, efir moylari, kumarinlar, flavonoidlar, antraglikozidlar va boshqalar saqlovchi o‘simliklar topilishi mumkin.

    2 – AMALIYMASHG’ULOT. DORIVOR MAHSULOTLARNI TAYYORLASH (BARG, GUL, ILDIZ) Tibbiyotda va farmatsiyada tarkibida kishi organizmiga ta’sir etuvchi kimyoviy moddasi bo‘lgan dorivor o‘simlik organlari – mahsulotlari ishlatiladi. Dorivor mahsulotlar sifatida o‘simliklarning ildizi, bargi,po‘stlog‘i, guli, mevasi va boshqa qismlaridan foydalaniladi. Ularni kimyoviy birikmalar eng ko‘p yig‘ilgan davrda yig‘ishtirib olish kerak. Kimyoviy moddalar o‘simliklarning hamma organlarida bir vaqtning o‘zida ko‘p miqdorda to‘planmaydi, shuning uchun xam ularni turli vaqtlarda tayyorlashga to‘g‘ri keladi. O‘simlik organlarini quyidagi muddatlarda yig‘ib olish kerak:




    Download 476.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   295




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling