1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 476.38 Kb.
bet229/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Zig‘ir moyi - Oleum lini

O‘simlikning nomi. Zig‘ir-Linum usitatissimum L.;zig‘irdoshlar-Linaceae oilasiga kiradi. Zig‘ir urug‘i tarkibida 30-48 % moy bo‘ladi. Moy urug‘dan issiq presslash usuli bilan olinadi. Zig‘ir moyi sariq tinik quyuq suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos hidi va mazasi bor. Zig‘ir moyi quriydigan moylarga kiradi. Uning tarkibida 60 % gacha izolinolen, 15 % linolen, 15 % linol va boshqa kislotalarning glitseridlari bo‘ladi. Ishlatilishi. Suyuq surtma va tibbiyot sovuni tayyorlashda qo‘llaniladi.Zig‘ir moyining preparati - linetol ateroskleroz kasalligini davolash va uning oldini olish hamda kuygan va nur terapiyasi ta’sirida kuygan erlarga surtish uchun ishlatiladi. 3ig‘ir moyidan prostaglandin preparati ham olinadi. Bundan tashqari, zig‘ir moyi oziq-ovqat sanoatida, shuningdek, texnikada alif moy olishda qo‘llaniladi. Dorivor preparatlar. Zig‘ir moyi.Linetol preparati(linolen,linol,olein va boshqa yog‘ kislotalarini etil efirlarining aralashmasidan tashkil topgan sarg‘ish rangli tiniq, moysimon suyuqlik). Sof linetol va uning surtmasi hamda linetolni kompleks preparati - aerozol «Livian».
Paxta moyi - Oleum gossypii O‘simlikning nomi. Fo‘za turlari- Gossypium sp.;gulxayridoshlar- - Malvaceae oilasiga kiradi. Paxta moyi tuk va po‘stlog‘idan tozalangan urug‘dan sovuq presslash usuli bilan olinadi. Urug‘da moy g‘o‘za turiga qarab, 17-41% bo‘ladi. Urug‘ tarkibida yana 36,1 % gacha oqsil, 1,8 % gacha zaharli pigment - gossipol va boshqa moddalar uchraydi. Birinchi ajratib olingan moy qo‘ng‘ir-qora rangli, achchiq bo‘lib, tarkibida juda ko‘p begona moddalar, jumladan, gossipol bo‘ladi. YOg‘ni begona moddalardan tozalash uchun neytrallash, namlash, quritish, rangsizlantirish, hidini yo‘qotish jarayonlari o‘tkaziladi. Tozalangan moy och-sariq rangdagi o‘ziga xos mazali, quyuq suyuqlik bo‘lib, yarim quriydigan yog‘larga kiradi. Tarkibida 48,2% linol, 26,4 % olein, 22,4 % palmitin, 2,8 % stearin, 1,2 % araxin kislotalarning glitseridlari bo‘ladi. Moy +3 – 40 dagi haroratda qotadi. Ishlatilishi. Tibbiyotda paxta moyi kungaboqar moyi kabi surtmalar,malhamlar hamda tibbiyot sovuni tayyorlashda ishlatiladi. Oziq - ovqat sanoatida va texnikada ham keng qo‘llaniladi.


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling