Zaytun moyi - Oleum olivarum
O‘simlikning nomi. Ovro‘po zaytuni- Olea europaea L.;zaytundoshlar– Oleaceae oilasiga kiradi. Doim yashil daraxt bo‘lib, bo‘yi 3-7 m. Bargi oddiy, qalin, lansetsimon yoki cho‘ziq, tekis qirrali, ustki tomoni to‘q yashil, pastki tomoni esa kulrang, qisqa bandi bilan poyada qarama-qarshi o‘rnashgan. Gullari ko‘rimsiz, mayda, shingilga yoki kam shoxli ro‘vakka to‘plangan. Mevasi - tuxumsimon yoki sharsimon danakli xo‘l meva.
May-iyun oylarida gullaydi, mevasi sentyabr - dekabrda pishadi.
Geografik tarqalishi. Qrim,Kavkaz va O‘rta Osiyoning ba’zitumanlarida o‘stiriladi. Qadimdan O‘rta dengizi bo‘yidagi davlatlarda kup miqdorda o‘stirib kelinadi.
Mahsulot tayyorlash. Saralab terib olingan mevadan sovuq va kuchsizpresslash usuli bilan yuqori sifatli moy olinadi.
Kimyoviy tarkibi.Mevaning yumshoq qismi tarkibida70 %,urug‘ida esa30 %moy bo‘ladi.
Zaytun moyi qurimaydigan suyuq moyga kirib, tarkibida 80 % olein, 10 palmitin, 5-8 % stearin, linol, araxin va boshqa kislotalarning glitseridlari bo‘ladi. + 80 dagi haroratda moy tarkibidagi stearin kislotaning glitseridi qota boshlaydi. Moy 0o da qotadi.
Ishlatilishi. Zaytun moyining yuqori navi emulsiya holatida buyrak,o‘tva qovuqqa tosh kelganda hamda me’da-ichak kasalliklarida iste’mol qilinadi.
Bundan tashqari, ba’zi dorivor moddalarni erituvchi sifatida va surtmalar tayyorlashda ham ishlatiladi.
Zaytun moyidan oziq-ovqat sanoati hamda texnikada foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |