1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja
Download 476.38 Kb.
|
Илмий изланиш 96522
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot tayyorlash
- Kimyoviy tarkibi
- Ishlatilishi
- Dorivor preparatlari.
Geografik tarqalishi.Achchiq bodom yovvoyi holda tog‘ yonbag‘rlarida vadengiz sathidan 800-1800 m balandlikdagi tog‘li tumanlarda o‘sadi. Achchiq bodom asosan O‘rta Osiyo tog‘larida (Tyan-SHan, Pomir-Oloy, Kopetdag), Ozarbayjonning janubiy qismi, Janubiy Armanistonda o‘sadi. Achchiq va chuchuk bodom O‘rta Osiyoda, Kavkazda va Qrimda ko‘p o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash.Pishib etilgan bodom mevasi qoqib olinadi vapo‘stidan danagi ajratiladi. So‘ngra danagini chaqib, urug‘ olinadi. Ba’zan danagini chaqmay, oziq-ovqat sanoatiga yuboriladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.Tayyor mahsulot danakdan ajratibolingan tuxumsimon, cho‘ziq, yassi bodom urug‘idan iborat. Bodom urug‘i g‘adir-budir bo‘lib, asosida qora dog‘ga o‘xshash (po‘stining ichki tomonidan yaxshi ko‘riiadigan) xalaza joylashgan. Xalaza atrofida radius bo‘ylab mayda suv naychalari joylashgan. Urug‘ning o‘rtacha uzunligi 2 sm, eni esa - 1,5 sm. Issiq suv bilan namlanganda, po‘sti tez ko‘chadi. Urug‘ ikkita palladan iborat. Embrionning ildizchasi va kurtagi urug‘ining uch tomoniga joylashgan. CHuchuk bodom urug‘i hidsiz, yog‘simon yoqimli mazasi bor. Achchiq bodom urug‘i esa achchiq, quriganida hidsiz bo‘ladi, namlab havonchada ezilsa, sianid kislota hidi keladi. CHuchuk bodom urug‘i orasida singan urug‘lar va achchiq bodom urug‘i bo‘lmasligi kerak. Singan urug‘lardagi moy urug‘ni saqlash davrida (po‘sti bo‘lmaganidan) havo va namlik ta’sirida oksidlanadi va parchalanib buziladi. Kimyoviy tarkibi.Har ikkala bodom urug‘i tarkibida45-62%moy,vitamin V2, 20 % oqsil moddalar, 2-3 % saxaroza va emulsiya fermenti bo‘ladi. Achchiq bodom urug‘ida yana 2,2-3,5 % amigdalin glyukozidi uchraydi. Tibbiyotda ishlatiladigan bodom moyi sovuq presslash usuli bilan olinadi. Achchiq bodom urug‘idan moy olayotganda suv aralashib ketishiga yul qo‘ymaslik kerak. Aks holda suv amigdalinni parchalaydi va ajralib chiqqan mahsulotlar moyga o‘tadi. Moy zaharli bo‘lib qoladi. Bodom moyi quyuq, sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, uning zichligi 0,913-0,918, refraksiya soni 1,470-1,472, sovunlanish soni 190-195, yod soni 93-102 ga teng. Kislota soni 2,5 dan oshmasligi kerak. Moy - 100 haroratgacha sovutilganda qotmasligi kerak. Bodom moyi qurimaydigan suyuq moylarga kiradi, unda 83 % olein, 16 % linol kislotalarning glitseridlari va 0,5 % gidrolizlanmaydigan moddalar bor. Ishlatilishi.Po‘sti olib tashlangan chuchuk bodom urug‘idan tayyorlanganemulsiya me’da va ichak og‘riqlarini qoldirish uchun, bodom moyi esa ich yumshatuvchi dari sifatida qo‘llaniladi. Farmatsevtikada bodom moyi ba’zi dorilar (kamfora va boshqalar) ni eritish hamda surtma tayyorlash uchun ishlatiladi. Achchiq bodom urug‘i kunjarasidan olingan achchiq bodom suvi og‘riq qoldirish uchun va tinchlantiradigan dori sifatida qo‘llaniladi. CHuchuk bodom oziq-ovqat sanoatida, turupi esa parfyumeriyada ishlatiladi. Dorivor preparatlari. Bodom moyi va moy emulsiyasi,chuchuk bodomurug‘idan tayyorlangan emulsiya. Download 476.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling