Bodom urug‘i va moyi - Semina et oleum amygdalarum
O‘simlikning nomi. Bodom- Amygdalus communis L.;ra’noguldoshlar--Rosaceae oilasiga kiradi.
Bodom daraxtining bo‘yi – 2-5, ba’zan 8 m bo‘ladi. Novdalari qizg‘ish- jigarrang, shoxlarining po‘stlog‘i kulrang-qo‘ng‘ir, tanasiniki esa qoramtir. Bargi oddiy, lansetsimon yoki ensiz ellipssimon, o‘tkir uchli, cheti esa o‘tmas, mayda tishsimon bo‘lib, bandi bilan poyada ketma-ket o‘rnashgan. Gullari oq yoki och pushti rangda bo‘lib, shoxlarida yakka-yakka joylashgan. Gulqo‘rg‘oni murakkab, to‘g‘ri, kosacha va tojbarglari 5 tadan, birlashmagan, otaligi ko‘p sonli, onalik tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi - qiyshiq yoki cho‘ziq tuxumsimon danakli meva.
Bodomning ikki tur xili uchraydi, ularni faqat mag‘zining achchiq- - chuchukligiga qarab ajratish mumkin: chuchuk bodom-Amygdalus communis L.varietas dulcis D.S. va achchiq bodom-Amygdalus communis L. varietas amara D.S.
Bodom fevral - aprel oylarida, barg chiqarmasdan gullaydi, mevasi iyun - -iyul oylarida pishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |