Efir moylarini saqlash Efir moylari havo kislorodi, yorug‘lik va namlik ta’sirida buziladi. Bunday sharoitda ular oksidlanib, smolaga o‘xshash moddalar hosil qiladi. Natijada efir moylarining ranggi va hidi o‘zgarib, o‘zi quyuqlashadi. Efir moylari ombor va dorixonalarda saqlanganda yuqorida ko‘rsatilgan sharoitlar hisobga olinishi kerak. Efir moylari tegishli MTX da ko‘rsatilgan og‘zi mahkam yopiladigan idishlarda to‘la holda 150S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, salqin hamda qorong‘u joyda saqlanadi.
Efir moylarining tasnifi
Efir moyi saqlovchi dorivor o‘simliklar va mahsulotlar tarkibidagi moyni asosiy qismining kimyovii tuzilishiga qarab, olti guruhga bo‘linadi:
Tarkibida atsiklik (ochik zanjirli) monoterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
Tarkibida monotsiklik monoterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
Tarkibida bitsiklik monoterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
Tarkibida aromatik monoterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
Tarkibida atsiklik (ochik zanjirli) seskviterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
Tarkibida siklik seskviterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |