1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


- MAVZU MONOTSIKLIK TERPENLARSAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLAR


Download 476.38 Kb.
bet106/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

13- MAVZU MONOTSIKLIK TERPENLARSAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLAR

Reja:


  1. Dorivor yalpiz (M.piperitha)

  2. Mavrakbargi (Salvia officinalis, S.sclarea, S.spinosa)

  3. Evkalipt bargi (Eucalyptus globosus),

  4. Tmin mevasi (Carum carvii)

Bu guruhga kiradigan dorivor o‘simliklar efir moylarining asosiy ta’sir etuvchi qismlari mentol, sineol, limonen, pulegon, menton, karvon va boshqa birikmalar hisoblanadi.

QALAMPIR YALPIZ BARGI VA MOYI –FOLIA ET OLEUM PIPERITAE

O‘simlikning nomi. Qalampir yalpiz- Mentha piperita L.;yasnotkadoshlar - -Lamiaceae (labguldoshlar- Labiatae) oilasiga kiradi.

Ko‘p yillik, bo‘yi 30-100 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi bir nechta, tik o‘suvchi, to‘rt qirrali, tuksiz yoki siyrak tukli. Bargi oddiy, cho‘ziq tuxumsimon yoki lansetsimon, o‘tkir uchli, qirrasi o‘tkir arrasimon. Barglar poyada qisqa bandlar bilan qapama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, pushti, och binafsha yoki qizil- -binafsha rangda, poya va shoxlar uchida g‘uj joylashgan boshoqchasimon gul to‘plami hosil qiladi. Gulkosachasi naychasimon, binafsha rangli, besh tishli bo‘lib, meva bilan birga qoladi. Gultojisi bir oz qiyshiq, voronkasimon, to‘rt bo‘lakli (boshqa labguldoshlardan farqi), otaligi 4 ta, onalik tuguni 4 bo‘lakli, yuqoriga joylashgan. Mevasi kosachabarg bilan birlashgan 4 ta yong‘oqcha.




Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling