1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari
Mehnatni muhofaza qilishda nazorat o‗tkazishning tashkil etilishi
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
HFHmajmua
Mehnatni muhofaza qilishda nazorat o‗tkazishning tashkil etilishi
Mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Mehnat muhofazasiga doir qonunlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarni amal qilinishining Davlat nazorati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan (O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7. 11. 1994-yildagi 538-sonli) Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda (O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7.04. 2000-yildagi 130-sonli ) «Sanoatda va konchilikda ishlarni bexatar olib borishni nazorat qilish agentligi» tomonidan amalga oshiriladi. O‗zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi sohasidagi vazifalarni amalga oshirish (O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16. 02. 1995 - yildagi 58 – sonli qaroriga muvofiq) Mehnat vazirligining mehnatni muhofaza qilish boshqarmasiga yuklatilgan. Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‗i va uning o‗rinbosari O'zbekiston Respublikasining Bosh davlat texnik inspektori hisoblanadi. Mehnatning texnik inspektorlari, mas‘ul xodimlar hisoblanib, ular korxona, tashkilot va muassasalarda xavfsiz mehnatning tashkil etilishini, ishlab chiqarish sanitariyasini va mehnat qonunchiligining amal qilinishini, ishlab chiqarish jarayonida yuz beradigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining holatini, ularning kelib chiqish sabablarini o‗rganishi va tekshiruvda ishtirok etishi O‗zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Bosh texnik mehnat inspeksiyasi yo'riqnomalari asosida amalga oshiradi. Bular xususida (Mehnat vazirligi Kollegiyasi qarorida 1995-yil 18-fevraldagi «mexnatning Davlat texnik inspeksiyasining huquqlari va burchlari» yo‗riqnomasida ko‗rsatib o‗tilgan). Shuningdek, mehnat muhofazasi masalalarini tekshirishda qator davlat nazorat tashkilotlari: Davlat sanitariya nazorati; Davlat yong'in xavfizligi nazorati; Davlat energiya nazorati; Davlat avtomobil xavfsizligi nazorati o‗zlarining vakolatlari doirasida ishtirok etadilar. Bu nazorat tizimlarining tekshirish huquqlari hukumat yoki tegishli vazirlik va yuqori tashkilotlarning tasdiqlagan qarorlarida ko‗rsatib o‗tiladi. «Sanoatda va konchilikda xavfsiz ishlarni qo‗llash bo'yicha nazorat agentligi»ning tarkibiy bo‗limlariga soha inspeksiyalari kiradi va ular quyidagilardan tashkil topgan: - Ko‗mir, ruda kon va rudasiz kon sanoati nazorati; - Neft va gaz sanoati nazorati; - Kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati nazorati; - Gaz ishlari nazorati; - Qozon va ko‗tarma uskunalar nazorati; - Geologik va qidiruv ishlari nazorati; - Atom qurilmalari nazorati; - Neft mahsulotlarini tashish va saqlash nazorati; - Xavfli moddalarni tashish ishlari nazorati; - Tabiatni muhofaza qilish, mineral xomashyolarni qayta ishlash nazorati; - Donlarni qayta ishlash va saqlashdagi texnologik jarayonlarga rioya etish nazorati; - Elektr stansiyalar, asosiy stansiyalar oralig‗idagi qo'shimcha stansiyalar va elektr tarmoqlarini uzatish ishlari nazorati va boshqalar. Davlat sanitariya nazorati Sog‗liqni saqlash vazirligining muassasalari bilan hamkorlikda O‗zbekiston Respublikasining tegishli qonuniy hujjatlari, O‗zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasi, «Fuqarolarning sog‗lig‗ini muhofaza qilish «Davlat sanitariya nazorati» qonunlari va boshqa me‘yoriy hujjatlari asosida o‗z vazifalarini amalga oshiradi. Mehnat gigiyenasi bo‗yicha DavSan nazorati umumiy sanitar nazorat tizimining bir qismini tashkil etib, u respublika, viloyat, shahar, tuman davlat sanitar nazorati (DSEN) tashkilotlari bilan hamkorlikda nazorat ishlarini olib boradi. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida: «Har kim malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega‘ deb e‘tirof etilgan Shuningdek, fuqarolaming sog'ligini muhofaza qilish masalalari O‗zbekiston Respublikasining «Fuqorolarning sog‗lig‗ini muhofaza qilish to‗g‗risida‘»gi Qonunida hamda O‗zbekiston Respublikasining «Mehnat qonunlari kodeksi»da va boshqa hujjatlarda ham ko'rsatib o'tilgan. O‗zbekiston Respublikasining «Fuqorolarning sog‗lig‗ini muhofaza qilish to‗g‗risida‘»gi (1996-yil 14-sentabrda kuchga kirgan) Qonunida fuqarolarning sog‗lig‗ini saqlashning asosiy qoidalari, tartiblari keltirilgan, ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat: - sog'liqni saqlashda inson huquq va manfaatlariga tayanish; - aholining barcha qatlamlariga sifatli tibbiy yordam ko‗rsatish; - mehnat qobilyatini yo‗qotgan fuqarolarni ijtimoiy himoyalash; - fan va amaliyot birligini takomillashtirish va boshqalar. Barcha xo‗jalik yurituvchi subyektlarning ishchi va xizmatchilarning sog‗lig‗ini muhofaza qilishning asosiy vazifalariga: mehnat jarayonlarini va ish sharoitlarini yaxshilash, ishlovchilarning baxtsiz hodisa va kasb kasalliklariga uchramaslik tadbirlarini yaratishdan iborat. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligning 2000-yil 6-iyuldagi 300-sonli buyrug‗iga asosan barcha ish beruvchilar ishchilarni ishga qabul qilishda tibbiy ko‗rikdan o‗tkazishlari shart deb ta‘kidlangan. Barcha ishlab chiqarish sohalaridagi mehnat sharoitlarini nazorat qilishda masalan, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining bor-yo‗qligi! Ularning ishchi- xizmatchitarning sog‗lig‗iga, hayotiga keltiradigan ta‘sirlar'darajasini Davlat sanitariya nazoratining maxsus laboratoriyasida, «Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi‘da Davlat standart nazorati ruxsati bo‗lgan katta sanoat tarmoqlari, tashkilotlari va boshqa muassasalarning laboratoriyalarida amalga oshiriladi. Respublikada mehnatni muhofaza qilish muammolari bo‗yicha ilmiy- tekshirish ishlari Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi qoshidagi «Mehnat muhofazasini normallashtirish» markazida, qator tarmoqlararo ilmiy tekshirish muassasalarida, laboratoriyalarda, oliy o‗quv yurtlarining «Mehnat muhofazasi» va «Hayot faoliyati xavfsizligi» kafedralarida amalga oshiriladi. Mehnat gigiyenasi va kasb kasalliklarining muammolari «Mehnat gigiyenasi va kasb kasalliklari» ilmiy tekshirish institutida hamda tibbiyot institutlarining «Mehnat muhofazasi va kasb kasalliklari» kafedralarida olib boriladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling