1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari
Ishlab chiqarish havosi tarkibidagi changlar, ularning zararli ta‘siri
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
HFHmajmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy changlar
- Sun‘iy changlarga
Ishlab chiqarish havosi tarkibidagi changlar, ularning zararli ta‘siri
Sanoatda, qishloq xo`jaligida bajariladigan ishlarning hammasida, transport vositalarining ishlatilishida changlar hosil bo`ladi va ajraladi. Bunday changlar kelib chiqish manbalariga ko`ra: tabiiy va sun‘iy chang-larga bo`linadi. Tabiiy changlar - inson faoliyatiga bog‗liq bo`lmagan holda hosil bo`ladigan changlar. Bunday changlar shamol va kuchli bo`ronlar ta‘sirida qum va tuproq yerairilgan qatlamlarining uchishi, o`simlik va hayvonot olamida paydo bo`ladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan keladi-gan changlar (kosmik jismlarning yerga tushishi, yonib ketishidan hosil bo`ladigan changlar) kiradi. Tabiiy changlarning miqdori tabiiy sharoitga, havoning holatiga, yil fasliga, aniqlanayotgan zonaning qaysi mintaqada joylashganligiga bog‗liq. Masalan, atmosferadagi changlar miqdori shi-moliy tumanlarga nisbatan janubiy tumanlarda, o`rmon zonalariga qa-raganda cho`l zonalarida, qish oylariga nisbatan yoz oylarida ko`proq boiishi ma‘lum. Ma'lumotlarga qaraganda, har bir kubometr havo tarkibida katta shahar hududlarida 6 ming atrofida, avtomobil vositalaridan ajraladigan qurum va tutunlarni ham qo`shib hisodlaganda 30 ming atrofida har xil kattalikdagi chang zarralarini tashkil etadi. Sun‘iy changlarga sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta‘siri natijasida hosil bo`ladigan changlar kiradi. Jumladan, cho`yan va po`lat ishlab chiqarish pechlaridan, issiqlik elektr stansiyalarida (IES) ko`mir yoqilishidan, qurilish ishlarida yer qazish ish-lari, portlatish ishlari, sement ishlab chiqarish, tog'lardan ma‘danlarni qa-zib olish ishlari va boshqa ishlarda juda ko`p miqdorda changlar ajraladiki, bu changlarni atrof muhitga chiqarib yuborish natijasida tabiatga halokatli ta‘sir ko`rsatishi ma‘lum. Shuningdek, sanoatning ba‘zi bir tarmoqlarida, masalan, kimyo sanoatida xavfli sanoat changlari ajralib, ularning chiqarib yuborilishi fojiali holatlarni vujudga keltiradi. Changlarning zararli ta‘sirlari ularning kimyoviy tarkibiga bog‗liq. Changlar kattaligi bo`yicha 3 guruhga bo`linadi: 1 - yirik changlar (kattaligi 10 mkm dan katta bo`lgan changlar). Bunday changlar o`z og‗irligi ta‘sirida yerga tushadi; 2 - mayda changlar (kattaligi 10 mkm dan 0,25 mkm gacha bo`lgan changlar) bunday changlar yomg‗ir, qor yog‗ishi natijasida yerga tushishi mumkin; 3 - ultramikroskopik changlar (kattaligi 0,25 mkm dan kichik changlar, ular yerga qo`nmaydi). Ishlab chiqarish changlarining inson organizmiga ta‘siri ko`p omillarga bog‗liq. Ularga chang zarrachalarining kattaligi, shakli, lining havodagi miqdori, ta‘sir etish muddati, ularning fizik-kimyoviy xossalari. ish jarayonining muhiti va boshqa ta‘sirlar kiradi. Masalan, tashqi harorat ko`tarilganda kishi jismoniy mehnat bilan shug‗ullanganda tez-tez nafas olishi natijasida organizmga chang kirish darajasi oshadi. Bir vaqtda chang tarkibida radioaktiv aerozollarning bo`lishi va havodagi boshqa gazlarning ta‘siri changning organizmga zararli ta‘sirini kuchaytiradi. Chang zarrachalarin-ing gigiyenik ta‘siridan tashqari yana boshqa salbiy ta‘sirlari ham bor, jumladan: a) changlar texnologik jihozlarning yemirilishini tezlashtiradi; qimmatbaho materiallami yaroqsiz holatga keltirib, iqtisodiy zarar yetka-zadi; b) texnosferada changlarning tarqalishi sanitariya holatini yomon-lashtiradi, jumladan, deraza va yorituvchi jihozlarning ifloslanishi oqiba-tida yorug‗likni kamaytiradi; d) ko`mir, yog'och, solyar moyi changlari yong‗in va portlashlarning yuzaga kelishiga sharoit yaratadi. Changlarning kimyoviv tarkibi, eruvchanligi, katta-kichikligi, shakli, ularning tuzili-shi (kiistall yoki amorf), elektr o`tkazuvchanligi va boshqa xususiyatlari ularning organizmga ta‘sir qilishida muhim rol o`ynaydi. Changlarning organizmga ko`p tomonlama ta‘siri ularning kimyoviy tarkibiga bog‗liq bo`ladi. Eng awalo, changning salbiy ta‘siri nafas olganda kuzatiladi. Bunda chang havo bilan nafas olinganda nafas organlarini zararlaydi. Bundan tashqari changlar yuqori nafas yo`llarining, ko`z shilliq qava-tining, teri qoplamasining, o`pka yo`llarining zararlanishiga olib keladi. Changlar ichida kremniy va uning birikmalarining changi eng xavfli hisobianadi. Jumladan, kremniy oksidi (kvars), silikat changlari, ba‘zi bir metallar (aluminiy va boshqalar)ning changlari va ularning aralashmalari erimaydigan hisoblanib, nafas olish tizimlarida tutilib qoladi va aluminoz kasalligini yuzaga keltiradi. Eriydigan changlar nafas yo`liarida tutilib so`riladi va qonga о vadi. ular kimyoviy tarkibiga qarab organizrnda turli xilda ta‘sir xususiyatla-rini namoyon etadi. Masalan, qand changi zararsiz, qo`rg‗oshin, mis va boshqa metallarning changi zaharlovchi ta‘sir ko`rsatadi. Changlarning katta-kichikligi ularning havodagi turg‗unligi, nafas yo`llariga kirishi va qancha chuqurlikka kirib borish imkoniyatini bel-gilaydi. Masalan, 10- 20 mkm kattalikdagi zarrachalar Nyuton qonuniga bo`ysungan holda yerga tortishish kuchi ta‘sirida ma‘lum tezlik bilan yerga tushadi. Inson nafas olganda ular nafas yo`Harming yuqori qatlam-larida ushlanib qoladi. Mikroskopik zarrachalar esa (0,25-10 mkm) havoda ancha turg‗un bo`lib, bir xil tezlikda yerga tushadi. Nafas olinganda asosan ularning 5 mkm gacha kattalikdagi zarrachalari nafas yo`liariga kiradi. Ultrami-kroskopik zarrachalar kattaligi 0,25- 0,1 mkm va undan kichik bo`lgan zarrachalar Broun harakatiga bo`ysunganligidan havoda uzoq vaqt tu-radi. Ular o`zaro harakatlanganda bir-biri bilan to`qnashishilari nati-jasida yiriklashib, yerga tushadi. Bunday muhitda nafas olingan havo-dagi ultramikroskopik zarrachalarining 60-70% i o`pkada ushlanib qoladi. Bu zarrachalarning massasi katta bo`imaganligidan changli shikastlanishning rivojlanishi katta bo`lmaydi. Chang zarrachalarining shakli har xil bo`lishi mumkin: sferik, yassi, turli shaklli. Aerozollar hosil bo`lishida chang zarralari miqdorining ko`p qismi sferik shaklga ega bo`ladi. Dezintegratsiya aerozollarida esa yassi shaklli va murakkab shaklli zarrachalar boiadi. Mana shunday shaklli zarrachalardan shisha to-lasi, sluda kabilarining changlari nafas yo`liariga kirganda yuqori nafas yo`llari hujayralarini zararlaydi hamda ko`zning shilliq qavatiga va teriga ta‘sir ko`rsatadi. Chang zarrachalarining elektr bilan zaryadlangan bo`lishi aerozol-larning turg‗unligiga va ularning biologik faolligiga ta‘sir qiladi. Qattiq materiallarning changishi vaqtida chang zarrachalarining 90-98% i mus-bat yoki manfiy zaryadlanadi. Yirik zarrachalar esa quyi zaryadli bo`ladi. Changing zararli ta‘siri pnevmokoniozlar deb ataluvchi asab kasalligiga olib keladi. Ular silikoz, silikatoz va boshqa shakllarda bo`lishi mumkin. Silikoz - toza kremniy (II) oksidi changining ta‘siridan pnevmokinioz-ning ko`p uchraydigan va xarakterli shakli. Silikatoz - kremniy kislota tuzlarining changi nafas olish yo`liariga kirganda paydo bo`ladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling