1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/75
Sana25.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1066119
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
Bog'liq
HFHmajmua

3. Mehnatning fiziologik asoslari
 
Har qanday mehnat - murakkab fiziologik jarayonlar kompleksidan tashkil
topadi. Bu faoliyatda markaziy asab sistemasi asosiy vazifani bajaradi, ya‘ni ish 
jarayonida inson organizmida sodir bo`ladigan o`zgarishlarni boshqaradi. Aynan
inson miyasi tufayli mehnat faoliyatida uning kuch-quwati (energiyasi) sarflanadi.
Mexanik ishlarni boshqarish uchun inson organizmida kimyoviy-biologik jarayon
natijasida uglevodlar parchalanishi hisobiga amalga oshadi. Bunda jismoniy
kuchga sarflanadigan kislorod miqdori mehnat faoliyatining unumiga bog‗liq
bo`ladi. Jismoniy mehnat faoliyatida nafaqat uning kuch-quvvatiga, balki
fiziologik a‘zolar tizimida ham o`zgarishlar yuz beradi. Masalan, chuqur nafas 
olish yoki chiqarish orqaii ish jarayonining kechishiga olib keladi Jismoniy
tayyorgarlik ko`rgan insonlarda chuqur nafas olish imkoniyati yuqori bo`ladi.
Yurak a‘zolari tizimida ham o`zgarishlar yuz beradi. Masalan, og‗ir jismoniy 


harakatning ko`payib ketishi oqibatida, yurakning tez-tez urishiga va qon
bosimining ko`tarilib ketishiga olib keladi. Bunda qondagi biokimyoviy
o`zgarishlar natijasida qand dinamikasi o`zgarishi kuzatiladi Jumladan, o`rtacha
og‗ir ish bilan shug‗ullanuvchilarda qand miqdori oshib boradi, lekin qandning 
ortib borish miqdori kasallangan inson tuzalib ketgunga qadar muayyan vaqtgacha
saqlanib qoladi. Organizmdagi quwatning salmoqli darajada sarflanishi natijasida
undagi uglevod zaxiralarining kamayishiga olib keladi. To`xtovsiz jismoniy og‗ir 
mehnat qilish oqibatida sut kislotasining ko`payishiga, PH muhitning oshishi esa
qondagi gemoglabin kislorodining teriga o`tish tezligining oshishiga olib keladi.
Shuningdek, og‗ir jismoniy mehnat qiladiganlarda suv va tuz almashish 
jarayonlarining tezlashishiga, ter to`kilishiga, bular esa buyraklar bajaradigan
vazifaning yengillashishiga olib keladi. Ammo bunday mehnat faoliyatida
organizmdagi oshqozon osti bezi ish faoliyatining sekinlashishiga, ovqat hazm
qilishning pasayishiga olib keladi hamda eshitish, ko`rish, sezish faoliyatlariga
ham o`z ta‘sirini ko`rsatadi. Bunga qarshi deyarli aqliy mehnat faoliyatida - gaz 
almashunivi qisman o`zgarishi, qon pulsi sekinlashishi, qon bosimining
ko`tarilishi, nafas olishning qiyinlashishi, miyaga ko`p qon quyilishiga olib keladi.
Surunkali aqliy mehnat burun qon tomirlari, ayniqsa, miya va yurak qon
tomirlarining me‘yoriy tonusining o`zgarishiga olib keladi. Aqli mehnat faoliyati 
sezgi a‘zolari: eshitish, ko`rish, sezishning jimjitlikda ishlashi bilan uzviy bog‗liq. 
Yengil jismoniy mehnat, aqliy mehnat faoliyatining qo`llab-quvvatlab turadi, og‗ir
jismoniy mehnat esa buning aksi, jismoniy va aqliy mehnat faoliyatini to`xtovsiz
amalga oshirilishi inson ishlash qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling