1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari


 Inson mehnat faoliyatining turlari


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/75
Sana25.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1066119
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
Bog'liq
HFHmajmua

2. Inson mehnat faoliyatining turlari
 
Inson mehnat faoliyati hozirgi vaqtda quyidagi mehnat turlariga bo`linadi:


A.Jismoniy faollikni talab qiluvchi mehnat turi. Bunday mehnat turi, qachonki
mehnat vositalari bo`lmagan vaziyatlarda qo`llaniladi. Bunda katta energetik kuch
talab qilinadi, ya‘ni 17 dan 25 gacha MJ yoki 4000-6000 kkal energiya va undan 
ortiq. Ushbu mehnat turi taraqqiy etishi bilan birga, birqancha kamchiliklarga ega.
Jumladan, mahsulotning oz miqdorda ishlab chiqarilishi, mehnat unumdorligining
pastligi, ishchilarning tez toliqishi oqibatida ish kuni 50 foizining dam olishga
sarflanishi va boshqalar.
B. Mexanizatsiyalashgan mehnat turi. Bu mehnat faoliyati turida ishchilarning
energiya sarf qilishi kuniga 12,5-17 MJ yoki 3000-4000 kkal atrofida bo`ladi.
Mexanizatsiyalashgan mehnat turida asosan ishchi kuchi energiyasi tejaladi va
asosiy kuch dasturiy ta‘minot zimmasiga tushadi. Bunday mehnat turida maxsus 
bilim va amaliyot talab etiladi. Mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish sharoitida
ish kuchining samaradorligi kamayadi, lekin bunda masofadan turib qo`l
harakatidan foydalanish oqibatida yuqori ish unumdorligiga erishiladi. Demak bu
mehnat turida, kichik qismda qabul qilingan ma‘lumotlar asosida muayyan 
ishlarning takrorlanishi mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi.
D. Yarim avtomatlashgan ishlab chiqarish turi. Bu mehnat turida insonning
uzluksiz ishlashiga chek qo`yiladi va ish faoliyatini avtomatlashtirilgan
mexanizmlar boshqaradi. Bunda insonning vazifasi avtomatlashgan liniyalarga
xizmat ko`rsatish va elektron texnikalarni boshqarish bilan cheklanadi. Ushbu
mehnat faoliyatida - ish qismining kattaligi, ish unumdorligining yuqoriligi, lekin
inson asabining turli darajadagi tarangligi bilan xarakterlanadi.
E. Avtomatlashtirilgan mehnat turi fiziologik jihatdan ishchining ishga doimiy
tayyorgarligi va yuzaga kelishi mumkin bo`lgan bunday noxushliklarni darhol
bartaraf etishni taqozo etadi. Bunday funksional hoiat «operativ kutish» turli
holatlarda ishchining ishga bo`lgan munosabati, uning tezlik bilan ish ko`rishi,
ishga mas‘uliyat bilan yondashishi va boshqa holatlarga bog‗liq. 
F.Konveyer mehnat turi. Ushbu mehnat turining e‘tiborli jihati - umumiy ish
jarayonining alohida ish turlariga, ketma-ketlikda ish bajarilishiga konveyer
tasmasi orqali biron-bir detaining har bir ish joyiga avtomatik tarzda yetkazib
berilishini amalga oshiradi. Bunday mehnat shakli ishchilardan bir maromda va
berilgan ish sur‘atida ishlashni talab qiladi. Bunda ishchi boshqaradigan ish 
operatsiyasiga qancha kam vaqt sarflasa, uning mehnat unumdorligi shuncha
yuqori bo`ladi.
Monotoniya - bu konveyer mehnat shaklidan kelib chiqqan salbiy oqibatlardan
biri bo`lib, o`z navbatida, tez-tez toliqishga va asabiylashishga olib keladi. Buning
oqibatida ish jarayonida orqaga ketish kuzatiladi, har kungi asabiylashishlarning
qaytarilishi oqibatida parishonxotirlik, mehnat faoliyatining sekinlashishi yuzaga
kelib, oqibatda ishchi ishlash qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
G. Ishlab chiqarish jarayoni (texnologiyani) boshqarish bilan bog‗liq bo`lgan 
mehnat shakli. Inson avtomatlashgan mehnat jarayonida qancha kam ishtirok etsa,


uning hissasi shuncha ko`p bo`ladi. Bunga fiziologik nuqtayi nazardan qaralsa,
ishlab chiqarish jarayonini boshqarish ikkita asosiy shaklga boiinadi: birinchisida
masofadan turib boshqarish, ya‘ni ishchidan tez va faol harakatlanishni talab qilsa, 
ikkinchisi esa kam hollarda harakatlanishni taqozo etadi. Boshqarishning birinchi
shaklida ishchi faqat bir operatsiyaga emas, balki boshqa jarayonlarga ham
e‘tiborini qaratishi talab etiladi, ikkinchi shaklda esa ishchi harakat qilishga tayyor 
bo`lib turadi, lekin uning tezligi kamroq bo`ladi.
I. Aqliy mehnat shakli (Intellektual mehnat shakli) Bu mehnat shakli alohida bir
kasb bo`lib, unga ham moddiy ishlab chiqrishga aloqador sifatida qaralmoqda.
Masalan: texniklar, muhandislar, dispetcherlar, konstruktorlar, operatorlar, ishlab
chiqarishga aloqasi bo`lmagan olimlar, vrachlar, o`qituvchilar, artistlar, rassomlar,
yozuvchilar va boshqalar. Aqliy mehnat shundan iboratki, unda turli qismdagi
ma‘lumotlarning tahlil qilinishi - inson xotirasi va e‘tiborining susayishiga olib 
keladi. Bunday mehnat shaklida jismoniy harakat juda katta ahamiyat kasb etmaydi
va oqibatda bir kunlik quvvat sarfi 10 - 11,7 MJ yoki 2000 -2400 kkal ni tashkil
etadi. Aqliy mehnat uchun «gipokeneziya‘ xarakterli hisoblanib, bu nafaqat inson 
faoliyatining salmoqli darajada pasayishiga, o`z navbatida, inson organizmining
buzilishiga va haddan ziyod his-hayajonga berilishiga olib keladi.
Gipokeneziya - ishlab chiqarishdagi noxush omillardan hisoblanadi. Shuning
uchun aqliy mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi kishilarda yurak xastaligining
kelib chiqish darajasi yuqori hisoblanadi.
Aqliy mehnat shaklining bir necha turlari mavjud: operator, boshqaruvchi,
ijodiy mehnat, tibbiyot xodimlari mehnati, o`qituvchilar, o`quvchilar va talabalar
mehnati. Bular bir-biridan o`zining mehnat jarayonidagi ishtiroki, his-hayajon
darajalarining turii darajada bo`lishligi bilan farq qiladi.
Operator ishi - zamonaviy ishlab chiqarish asoslari sharoitida jarayonni
boshqarish vazifasini, har bir operatsiya ishini nazorat qilish, mahsulotning
liniyadagi harakatlanishini va uni xaridorlarga yetkazish jarayonlarini o`z ichiga
oladi.
Boshqaruv mehnati - korxona va tashkilot rahbarlarining mehnati bo`lib, u katta
hajmdagi muammolarni, ma‘lumotlarni tahlil qilish, tezkor qaror qabul qilish, 
shaxsiy javobgarlikni his etish, yuzaga keladigan salbiy rnuammolarning
yechimini o`z ichiga oladi.
Ijodiy mehnat - anchagina murakkab mehnat shakllaridan biri bo`lib, bunda
xotira va e‘tibor kuchli bo`lishi talab etiladi, bu asabiy hayajonlanishning 
oshishiga olib keladi. Bu turdagi mehnat faoliyatiga pedagoglar, dastur
tuzuvchilar, dizavnerlar, arxitektorlar, ilmiy xodimlar, yozuvchilar, bastakorlar,
artistlar, rassomlar, konstruktorlar kiradi. Bunday mehnat turlari juda katta
emotsional va asabiy zo`riqishlarni talab qiladi. Bunday mehnat faoliyatidagilarda
qon bosimi, tana haroratining oshishi, organizmning kislorodga bo`lgan tanqisligi
oshishi kabi funksional o`zgarishlar kuzatiladi.


O`qituvchilar, savdo va tibbiyot xodimlari mehnati - ular har doim odamlar
bilan o`zaro munosabatda bo`lishlarida sabab, ularda javobgarlikning ortishi,
vaqtning yetishmasligi, ma‘lumotlarni to`g‗ri qabul qilmasligi natijasida asabiy 
hayajonning oshishiga olib keladi.
O`quvchilar va talabalar mehnati: Bu mehnat shaklida psixologik funksiyalarni:
xotira, e‘tibor, qabul qilish susayib, asabiy holatlarga tushib qolib (imtihon 
sinovlar va hokazo), zo`riqishlarga olib keladi.
Insonning mehnat qilish jarayonida energiya sarflanishi, bajaraladigan ishning
og‗ir-yengiligiga, ya‘ni muskul energiyasining sarflashiga, ishning oddiy yoki 
murakkabligiga, emotsional zo`riqish darajasi va ishlab chiqarish muhitining
gigiyenik normalariga (havo harorati nisbiy namligi va havo harakati tezligi)
bog‗liq bo`ladi. Jumladan, aqliy mehnat bilan shug‗ullanuvchilar (o`qituvchilar, 
tibbiyot xodimlari, muhandislar va boshqalar)ning bir kecha-kunduzda
sarflaydigan energiyalari 10-11,7 MJ ni, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarda va
xizmat ko`rsatish sohalarida ishlayotganlar 12,7-17,5 MJ ni va og‗ir jismoniy
mehnat qiladiganlar esa 16,8-25 MJ energiya sarflar ekan. Mehnat qilish
jarayonida energiya sarflanish darajasi mehnat qilish holatiga ham bog‗liq bo`ladi. 
O`tirib ish bajarganda umumiy energiya sarfiga nisbatan 5-10 foiz ortiq energiya
sarflanadi. Tik turib ishlaganda 10-25 foiz, majburiy noqulav ish sharoitida 40-50
foiz ortiq energiya sarflanadi. Aqliy mehnat jarayonida sarflanadigan energiya
miqdori odamning asab emotsional holatiga bog‗liq bo`ladi. Masalan, o`tirib ovoz 
chiqarib o`qish jarayonida energiya sarfi 48 foizga ortadi, ko`pchilikka ma'ruza
qilgan vaqtda 94 foizga ortadi va hisoblash mashinalari operatorlari sarflagan
energiya hajmi 60-100 foizga ortishi kuzatiladi. Demak, insonning turli
ko`rinishdagi mehnat faoliyatlarini amalga oshirishda, ularning aqliy va jismoniy
imkoniyatlarini hisobga olish, inson organizmining mehnat qilish qobiliyatlarini
oshirish uchun kerakli choralarni ko`rish va ishchi-xizmatchilar uchun kerakli
shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling