Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – ish vaqtida yuz beradigan hodisa.
Kasb kasalligi – kishi organizmiga ish sharoitlarining zararli ta`siri natijasida kelib chiqqan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har xil kimyoviy preparatlar bilan zaharlanish) kasalliklardir.
Zararli moddaning havoda ruxsat etilgan chegaraviy kontsentratsiyasi (RECHK) –
8 soatli ish kuni, shuningdek haftasiga 40 soatdan ortiq bo`lmagan, ishlashi davomida kasallik yoxud sog’ligida o`zgarishlar keltirib chiqarmaydigan moddaning kontsenratsiyasi.
Atrof muhitni muhofazalash-tirik (o`simliklar va hayvonot dunyosi) va o`lik (tuproq, suv, atmosfera, iqlim) tabiatni tiklash va muhofazalash va ulardan ratsional foydalanish bo`yicha kompleks tadbirlardir.
Hayot faoliyat xavfsizligi (HFX) — ishlab chiqarish va noishlabchiqarish muhitida insonni atrof muhitga ta`sirini hisobga olgan holda xavfsizlikni taminlashga yo`naltirilgan bilimlar sistemasidir.
Hayot faoliyat xavfsizligining maqsadi ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishni oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini oshirish, mehnat sifatini oshirish hisoblanadi.
Hayot faoliyati xavfsizligining negizi besh qismdan iborat: 1. Hayot faoliyati xavfsizligining umumiy masalalari: mehnatni muhofaza qilish qonunlari asoslari, xavfsiz va sog’lom ish sharoitlarini tashkil qilish, mehnat sharoitini tahlil qilish; 2. Mehnat tarbiyasi, mehnat samaradorligi, mehnat bandligi. 3. Mehnat sharoiti sanitariyasi va ishlab chiqarish gigienasi; 4. Xavfsizlik texnikasining umummuhandislik masalalari; 5. Sanoatda yong’inga qarshi kurash chora-tadbirlari.
Fanning maqsadi - «O`zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi», «O`zbekiston Respublikasining mexnat to`g’risidagi kodeksi» va «O`zbekiston Respublikasining mehnatni muhofazasi to`g’risida» gi qonuni asosida mehnatni muhofaza qilishni o`rgatishdir.
Qo`yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi ikki masalani echish lozim buladi: 1. Ilmiy (inson-mashina sistemasini; atrof muhit-inson, xavfli (zararli) ishlab chiqarish omillari va boshqalarni matematik modellashtirish);
2. Amaliy (uskunalarga xizmat ko`rsatishda mehnat xavfsizligini taminlash). «Inson-atrof muhit» sistemasini har xil komponentlari energiya va informatsiyalarini xarakterli massalar oqimini quyida keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |