1-Ma`ruza. Kirish. Hayotiy faoliyat havfsizligini ta’minlash asoslari. Reja


Xavfsizlikni ta`minlash uslublari va ularning turlari


Download 37.75 Kb.
bet9/13
Sana08.01.2023
Hajmi37.75 Kb.
#1084634
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
LEK uzb 1

Xavfsizlikni ta`minlash uslublari va ularning turlari.
Uslub (metod) - maqsadga erishish usulidir. Uslublar printsiplarni konstruktiv va texnikaviy jihatdan mavjud sharoitda shakllantirish bilan amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta`minlash uslublarini bilgan holda inson bilan ishlab chiqarish muhiti parametrlari orasidagi o`zaro ta`sirlarni muvofiqlashtirish mumkin, ya`ni ma`lum xavfsizlik darajasiga erishish mumkin. Xavfsizlikni ta`minlash 2 turga bo’linadi: gomosfera va noksosfera.
Gomosfera - ko`rilayotgan faoliyat jarayoni vaqtida inson turgan zona.
Noksosfera - har doim yoki davriy ravishda xavf sodir bo`lib turadigan zona.
Uslub – A. Bu uslub gomosfera bilan noksosferani bir-biridan vaqtiy va (yoki) fazoviy jihatdan ajratishdan iborat. Bu uslub ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni qo`llash bilan amalga oshiriladi.
Uslub – B. Bu uslub xavfsizlik printsiplarini qo`llab xavflarning darajasini pasaytirish yoki xavflarni bartaraf qilish bilan noksosferani (ishlab chiqarish muhitini) normallashtirishga, hamda noksosfera xarakteristikalarini inson xarakteristikalariga moslashtirishga asoslanadi. Bu uslub insonlarni shovqin, chang, gaz, jarohatlanish va hokazo xavfli omillardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi, hamda qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi.
Uslub – V. Bu uslub tegishlicha himoya vositalari yordamida insonlarning himoyalanganlik xususiyatlarini oshirishga, hamda insonni noksosferaga moslashtirishga asoslangan. Bu usul kasbiy tanlash, kasbiy o`qitish, instruktsiyalar berish, psixologik ta`sir qilish va shaxsiy himoya vositalarini qo`llash bilan amalga oshiriladi. V-metodni amalga oshirishda noksosfera xarakteristikalarini o`zgartirish uchun har xil vositalar qo`llaniladi.
3. Texnosferada xavfsizlikni ta’minlash vositalari va “Inson-muxit” tizimida inson omili.
Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta`sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun himoya vositalari qo`llaniladi. Ximoya vositalari qo`llanilish xarakteri bo`yicha guruhiy himoya vositalari (GHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo`linadi. Ularning ham har biri vazifasiga ko`ra sinflarga bo`linadi. Ishlovchilarning himoya vositalari inson organizmiga eng ma`qul sharoitlarni hosil qilishi va xavfsizlikni ta`minlashi lozim.

Download 37.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling