1-Ma`ruza. Kirish. Hayotiy faoliyat havfsizligini ta’minlash asoslari. Reja


Download 37.75 Kb.
bet7/13
Sana08.01.2023
Hajmi37.75 Kb.
#1084634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
LEK uzb 1

Maishiy muhit – bu maishiy sharoitdagi insonga ta`sir qiluvchi barcha omillarning yig’indisidir. Organizmni maishiy omillarga reaktsiyasini fanning sog’lom turmush tarzi, sog’lom turmush tarzining kasallik profilaktikasi bilan aloqasi masalalariga bag’ishlangan mavzularda o`qish mumkin.
Ishlab chiqarish muhiti – bu mehnat faoliyati jarayonida insonga ta`sir qiluvchi omillar yig’indisidir.
Tabiiy muhitdagi xavfsizlik – bu ekologiyaning sohalaridan biridir.
Ekologiya organizmni atrof muhit bilan o`zaro ta`siri qonuniyatlarini o`rganadi.
2. Xavflar, ularning tasnifi va faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari.
Xavf – hayot-faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasidir. Ma`lum bir shart- sharoitlarda inson hayoti va sog`lig`iga to`g`ridan-to`g`ri yoki bilvosita zararli ta`sir qiluvchi hodisa, voqea, jarayonlar, ob`ektlar va boshqalarga xavf deb aytiladi. Har qanday energiyaga, kimyoviy va (yoki) biologik faol tashkil qiluvchilarga ega bo`lgan, hamda parametrlari inson hayot - faoliyat kechirish sharoitlariga to`g`ri kelmaydigan ko`rsatkichlarga ega bo`lgan har qanday tizim xavf tug`diradi. Xavflar yashirin (potentsial) va mavjud, yuzaga kelgan (real) turlarga ajratiladi. Potentsial xavf amalga oshishi, ya`ni real xavfga aylanishi uchun “sabablar” deb ataluvchi sharoitlar zarurdir Xavfsizlik tushunchasi. Xavfsizlik - bu faoliyatning shunday bir holatiki, bunda ma`lum bir ehtimollik bilan xavflarning yuzaga kelishi bartaraf qilingan bo`ladi. Xavfsizlik bu insonlar o`z oldiga qo`ygan maqsaddir. HFX esa maqsadga, ya`ni xavfsizlikga erishishning vositasi, yo`li va usulidir.
Xavflar taksonomiyasi. Xavflar taksonomiyasi - xavflarni ma`lum bir belgisi bo`yicha klassifikatsiyalash, sinflash yoki guruhlashdir. Xavf ko`p belgilarga ega bo`lgan murakkab ierarxik tushunchadir. Modomiki shunday ekan, faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda, xavflarning tabiatini chuqur aniqlashda va bilishda xavflarni taksonomiyalash muhim rol` o`ynaydi.
Xavflar hozirgi vaqtda quyidagicha taksonomiya qilingan: a) kelib chiqish tabiatiga ko`ra: tabiiy; texnik; antropogen (inson bilan bog`liq); ekologik; aralash (ikkita va undan ortiq). b) rasmiy standart bo`yicha: fizik; kimyoviy; biologik; psixofiziologik.
v) salbiy oqibatlarining yuzaga kelish vaqtiga ko`ra: impul`siv (birdaniga, tez); kumulyativ (sekin, to`planib, keyin, yig`iluvchi). g) o`rni, joyi, lokalizatsiyasi (chegaralanishi) bo`yicha: litosferadagi; gidrosferadagi; atmosferadagi; kosmosdagi. d) keltiradigan zarariga ko`ra: ijtimoiy; iqtisodiy; texnik; ekologik va boshqa. e) kelib chiqish sohasiga ko`ra: turmushdagi; sportdagi; yo`l – transportdagi; ishlab chiqarishdagi; harbiy sohadagi va boshqa yo) strukturasi, tuzilishiga ko`ra: sodda, oddiy; hosila (oddiylarning ta`sirida hosil qilingan) j) insonga ta`sir qilish xarakteriga ko`ra: faol (aktiv); sust passiv), ular energiya ta`sirida aktivlashadi. z) olib keluvchi oqibatiga ko`ra: toliqish; kasallanish; jarohatlanish; falokatlar; yong`in; o`lim xavfi va boshqa.
Xavflar nomenklaturasi - ma`lum belgisiga ko`ra xavflarning tizimlashtirilgan nomi, tushunchalari ro`yxatidir. Hozirgi vaqtda xavflar nomining birinchi harfi bo`yicha alfavit tartibida nomenklatura qilingan.
Xavflar kvantifikatsiyasi - murakkab tushuncha bo`lgan xavflarni baholash, sifat jihatdan aniqlash uchun sonli tavsiflarni joriy qilishdir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshka usullari qo`llaniladi. Xavflarni kvantifikatsiya qilish uchun, ya`ni sonli baholash uchun “tavakkal” (risk) tushunchasi kiritilgan.
Xavflarni identifikatsiyalash-xavflarni identifikatsiyalash deganda hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlashga yo`naltirilgan oldini olish va tezkor tadbirlarni amalga oshirish uchun xavflarning zarur va etarli bo`lgan miqdoriy (sonli), vaqtiy, fazoviy va boshqa tavsiflarni topish, aniqlash va belgilash jarayoni tushuniladi.
Sabab va oqibat.
Potentsial (yashirin) xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoitlar sabablar deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, sabablar u yoki bu kutilmagan oqibatlar va zararlarni keltirib chiqaruvchin xavflar paydo bo`lishiga olib keladigan turli vaziyatlar to`plamini xarakterlaydi.
Xavf, sabablar va oqibatlar baxtsiz hodisa, favqulodda holat, yong`inlar va boshqa ko`ngilsiz oqibatlarning asosiy ko`rsatgichlaridir. “Xavf - sabab - ko`ngilsiz oqibat” – uchligi bu rivojlanishning logik jarayoni bo`lib potentsial xavfni mavjud, ya`ni real xavfga olib keladi.
Xavflarni o’rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi: Birinchi bosqich-xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam bilan bajariladi: 1- qadam-xavf manbalarini aniqlash; 2-qadam-xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash; 3- qadam-tahlilni chegaralash, ya’ni, tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
Ikkinchi bosqich-xavfli holatlarni ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar daraxtini tuzish. Xavflar daraxti yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablari hisobga olingan holda tamom bo’ladi.
Uchinchi bosqich-oqibatlarni tahlil qilish. Xavfsizlik tizimi, bu-xavfsizlikning murakkab masalalarini hal qilish yo’llarini tayyorlash va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir. O’zaro ta’siri bilan aniq bir maqsadga etishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi tizim deb ataladi.

Download 37.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling